Qoʻngʻirxoʻja Hojinov
Qoʻngʻirxoʻja Hojinov Qoʻnurxoʻja Hojikov | |
---|---|
Qoʻngʻirxoʻja Hojinov | |
Turkiston Milliy Majlisi aʻzosi | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1886-yil Sirdaryo viloyati Perovsk uyezdi |
Vafoti | 1938-yil |
Qoʻngʻirxoʻja Hojinov (Qoʻnurxoʻja Hojikov) — (1886—1938) — ma’rifatparvar va davlat arbobi. Turkiston Milliy majlisi a’zosi.
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoʻngʻirxoʻja Hojinov 1886-yil Turkiston general-gubernatorligining Sirdaryo viloyati Perovsk uyezdida ulamo oilasida tavallud topgan. Uning ajdodlari xo’jalardan bo’lgan. U Toshkent shahridagi Turkiston o’quvchilar seminariyasini o’qib tamomlagan. Manbalarga ko’ra, Qo’ng’irxo’ja Hojinov Andijon shaharlari, Perosvsk va Turkiston yaqinidagi Qarnoq qishlog’ida rus-tuzem maktablarini ochgan. U 1912-yilda Orenburgdagi Fotih Karimiy tipografiyasida qozoq maktablari uchun birinchi darslik- “Bukvar” kitobini nashr ettirgan. Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurashlar olib borgan. Qo’ng’irxo’ja Hojinov 1908-yildan nazorat ostida yashaydi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkentda 1917-yil 2—5-avgust kunlari bo’lib o’tgan Turkiston qozoq-qirg’izlari syezdida u prezidiumga saylangan va Sirdaryo viloyati deputati qilib saylangan. Qo’qon shahrida 1917-yil 26-noyabr kuni bo’lib o’tgan Butunturkiston musulmonlari favqulodda IV qurultoyida Qo’ng’irxo’ja Hojinov Turkiston Miliy Majlisi a’zoligiga saylangan[1]. 1918-yil noyabrda Toshkentda tashkil etilgan birinchi qirg’iz (qozoq) pedagogika kurslarida Qo’ng’irxo’ja Hojinov Perosvskdan kelib ta’lim bergan. U Toshkentda ochilgan Qirg’iz maorif institutining (Qozoq xalq ta’limi instituti) tashkil etilishida jonbozlik ko’rsatgan. 1921-yildan boshlab Yettisuv viloyatida Turkiston ASSSR Yer-suv ishlari xalq komissari o’rinbosari sifatida yer-suv islohotiga rahbarlik qiladi. Keyingi yillarda u Qozogʻiston ASSRda ham maorif sohasida faoliyat yuritadi. U faoliyati davomida Turkiston milliy mustaqilligi uchun kurash olib bordi. Qo’ng’irxo’ja Hojinov sovet hukumati tomonidan bir necha marotaba ta’qibga olindi. Qo’ng’irxo’ja Hojinov 1938-yilda sovet hukumati tomonidan qamoqqa olinib, qatag’on qilingan[2].