Kontent qismiga oʻtish

Rahmatulla Qoʻngʻurov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qoʻngʻurov Rahmatulladan yoʻnaltirildi)

Rahmatulla Qoʻngʻurov (1933.7.2, Jizzax viloyati Forish tumani Nurak qishlogʻi — 1994.8.12, Samarqand shahri) — tilshunos.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), filologiya fanlari doktori (1983), professor (1984). Jizzax pedagogika bilim yurtini (1951), Samarqand Davlat Universiteti oʻzbek filologiya fakultetini (1956) tugatgan. Samarqand Davlat Universiteti oʻzbek tilshunosligi kafedrasida oʻqituvchi (1956—58), dotsent (1963 — 83), kafedra mudiri (1971—94), oʻzbek va tojik filologiya fakulteti dekani (1985-yildan oʻrishyushlik asosida). Q.ning asosiy ilmiy ishlari adabiy tili morfologiyasi, leksikologiya va leksikografiyasi, sti-listika va toponimikasi, badiiy asarlar tili hamda nutq madaniyati masalalariga bagʻishlangan ("Oʻzbek tilida tasviriy soʻzlar", 1966; "Oʻzbek tili stilistikasidan ocherklar, 1974; "Badiiy matnning lingvistik tahli-li", 1990; "Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari", hamkorlikda, 1992 va boshqalar).