Kontent qismiga oʻtish

Qoʻqon shahar oʻlkashunoslik muzeyi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Arki oliy
Xudoyorxon o'rdasi

“Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasiQoʻqon shahridagi madaniy-maʼrifiy muassasa.

1925-yil Xudoyorxon oʻrdasida Fargʻona okrug oʻlkani oʻrganish muzeyi nomi bilan tashkil etilgan; 1930—1957 yillarda Qoʻqon rayonlararo oʻlkani oʻrganish muzeyi sifatida faoliyati davom etgan. Keyinchalik 1958-yildan 2018-yilgacha Qoʻqon shahar oʻlkashunoslik muzeyi nomi bilan faoliyat yuritgan.

Turli davrlarda muzey quyidagicha nomlarda faoliyat koʻrsatib kelgan:
Yillar Nomlanishi
1925-1930 Fargʻona okrug oʻlkani oʻrganish muzeyi
1930-1957 Qoʻqon rayonlararo oʻlkani oʻrganish muzeyi
1958-2018 Qoʻqon shahar oʻlkashunoslik muzeyi
2018-yildan Qoʻqon davlat muzey-qoʻriqxonasi

Muzeyda nashr ishlari, koʻchma koʻrgazmalar, tabiat, tarix, sanʼat va Turizm va Marketing boʻlimlari faoliyat yuritib kelmoqda.


Muzeyning fondida 48 mingdan oshiq eksponat saqlanadi (2022). Muzey ekspozitsiyasi Oʻrda, Xonlik va Qoʻqon shahri tarixi, Fargʻona vodiysi tabiati, hayvonot va oʻsimliklar dunyosi, madaniyatini atroflicha aks ettiradi. Muzeyning 6 boʻlimi faoliyat koʻrsatmoqda:

Boʻlimlar
1 Tarix
2 Koʻchma koʻrgazmalar
3 Nashr ishlari va axborot
4 Tabiat
5 Sanʼat
6 Turizm va marketing

Qoʻqon davlat muzey-qoʻriqxonasi tarkibida 9 ta fillial mavjud: Buyuk allomalar muzeyi[1],Jome Amaliy san’at muzeyi, Muqimiy hujra-muzeyi, Hamza uy-muzeyi, Adabiyot muzeyi, Norboʻtabiy madrasasi, Dasturxonchi madrasasi, Modarixon Dahmasi va Tepaqo'rg'on arxeologik yodgorligi.

Turli davrlarda muzey quyidagicha nomlarda faoliyat koʻrsatib kelgan:
Boʻlimlar
1 Buyuk allomalar muzeyi
2 Amaliy sanʼat muzeyi
3 Norboʻtabiy madrasasi
4 Hamza uy-muzeyi
5 Muqimiy hujra-muzeyi
6 Adabiyot muzeyi (Qoʻqon)
7 Dasturxonchi madrasasi
8 Modarixon dahmasi
9 Tepaqoʻrgʻon arxeologik yodgorligi
  1. „BUYUK ALLOMALAR MUZEYI“. 2022-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan.