Qoʻqon shahar oʻlkashunoslik muzeyi
“Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonasi — Qoʻqon shahridagi madaniy-maʼrifiy muassasa.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1925-yil Xudoyorxon oʻrdasida Fargʻona okrug oʻlkani oʻrganish muzeyi nomi bilan tashkil etilgan; 1930—1957 yillarda Qoʻqon rayonlararo oʻlkani oʻrganish muzeyi sifatida faoliyati davom etgan. Keyinchalik 1958-yildan 2018-yilgacha Qoʻqon shahar oʻlkashunoslik muzeyi nomi bilan faoliyat yuritgan.
Yillar | Nomlanishi |
---|---|
1925-1930 | Fargʻona okrug oʻlkani oʻrganish muzeyi |
1930-1957 | Qoʻqon rayonlararo oʻlkani oʻrganish muzeyi |
1958-2018 | Qoʻqon shahar oʻlkashunoslik muzeyi |
2018-yildan | Qoʻqon davlat muzey-qoʻriqxonasi |
Boʻlimlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muzeyda nashr ishlari, koʻchma koʻrgazmalar, tabiat, tarix, sanʼat va Turizm va Marketing boʻlimlari faoliyat yuritib kelmoqda.
Muzeyning fondida 48 mingdan oshiq eksponat saqlanadi (2022). Muzey ekspozitsiyasi Oʻrda, Xonlik va Qoʻqon shahri tarixi, Fargʻona vodiysi tabiati, hayvonot va oʻsimliklar dunyosi, madaniyatini atroflicha aks ettiradi. Muzeyning 6 boʻlimi faoliyat koʻrsatmoqda:
№ | Boʻlimlar |
---|---|
1 | Tarix |
2 | Koʻchma koʻrgazmalar |
3 | Nashr ishlari va axborot |
4 | Tabiat |
5 | Sanʼat |
6 | Turizm va marketing |
Filiallar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoʻqon davlat muzey-qoʻriqxonasi tarkibida 9 ta fillial mavjud: Buyuk allomalar muzeyi[1],Jome Amaliy san’at muzeyi, Muqimiy hujra-muzeyi, Hamza uy-muzeyi, Adabiyot muzeyi, Norboʻtabiy madrasasi, Dasturxonchi madrasasi, Modarixon Dahmasi va Tepaqo'rg'on arxeologik yodgorligi.
№ | Boʻlimlar |
---|---|
1 | Buyuk allomalar muzeyi |
2 | Amaliy sanʼat muzeyi |
3 | Norboʻtabiy madrasasi |
4 | Hamza uy-muzeyi |
5 | Muqimiy hujra-muzeyi |
6 | Adabiyot muzeyi (Qoʻqon) |
7 | Dasturxonchi madrasasi |
8 | Modarixon dahmasi |
9 | Tepaqoʻrgʻon arxeologik yodgorligi |
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayti (Wayback Machine saytida 2022-11-23 sanasida arxivlangan)
- ↑ „BUYUK ALLOMALAR MUZEYI“. 2022-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan.