Qoʻqon superfosfat zavodi aksiyadorlik jamiyati
Turi | AJ |
---|---|
Sanoat | kimyo sanoati |
Maqomi | amalda |
Ishga tushgan sanasi | 1946-yil aprel |
Joylashuvi | Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahri, Davronbek ko‘chasi, 87-uy |
Hududiy xizmati | Oʻzbekiston |
Xoʻjayinlar |
Indorama Corporation (Singapur) |
Bosh direktor | Raul Singh[1] |
Vebsayti | indoramakokandfertilizer.com/uzbeks |
Til(lar)i | oʻzbek |
„Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals“ (2019-yilgacha "Qoʻqon superfosfat zavodi") AKSIYADORLIK JAMIYATI - kimyo sanoati korxonasi, oddiy, ammoniylashgan superfosfat oʻgʻitlari, kaltsiy karbid, payvandlash elektrodlari ishlab chiqaradi. „Toshkent“ RFBda listingga qoʻyilgan. Birja tikeri nomi - KUSZ.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1935-yil iyul oyida aralash oʻgʻitlar fabrikasi negizida tashkil etilgan. Urush yillarida mudofaa ahamiya-tiga ega boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqargan.
1941-yilda evakuatsiya qilingan Neva va Voskresensk kimyo zavodlari uskunalari asosida superfosfat sexi qurilishi boshlanib, uning birin navbati 1946-yil aprelda ishga tushirildi. Shu yildan "Qoʻqon superfosat zavodi" nomini oldi.
1947-yilda sulfat kislota ishlab chiqarish sexi qurilib ishga tushirildi, superfosfat tanarxini kamaytirish maqsadida zavod Choratov (Qozogʻiston) fosforitidan superfosfat olishni oʻzlashtirdi.
1953-yildan ammoniylashgan superfosfat ishlab chiqarila boshlandi. 1956-yilda sulfat kislota ishlab chiqaruvchi sex eyekonstruksiya qilindi. 1958-yilda 100% li R205 boʻyicha yillik quvvati 42 ming t boʻlgan, ilgʻor texnika bilan jihozlangan ikkinchi superfosfat sexi, 1962-yilda yillik loyiha quvvati 45,5 ming t ammoniylashgan superfosfat sexi foydalanishga topshirildi. 1964-yilda ammoniylashgan superfosfat olishning yangi texnologiyasi (ammonizatsiyalash — quritish — yoyish — maydalash) joriy qilindi. 1974-yildan donador ammoniylashgan superfosfat ishlab chiqarish oʻzlashtirildi (ishlab chiqarilgan mineral oʻgʻitlarning 40%).
1998-yil aprel oyida Qizilqum fosforit majmuasida ishlab chiqarilgan fosforit xom ashyosidan foydalanishga oʻtdi va uning yillik ishlab chiqarish quvvati 178,0 ming t superfosfatga yetkazildi.
2003—2004-yillarda ammoniylash sex qayta jihozlandi, oʻgʻitni qadoqlash avtomatlari oʻrnatildi. 1997-yildan aksiyadorlik jamiyati. 2002-yil fevralda korxona aksiyalarining 60,2% chet el investorlariga sotildi va Oʻzbekiston—Rossiya chet el investitsiyasi ishtirokidagi "Qoʻqon superfosfat zavodi" ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.
Mahsulotlari chet ellarga eksport qilinadi (2004-yilda 600 t superfosfat). 2004-yilda korxonada 164,1 ming t ammoniylashgan superfosfat, 101,9 mln. soʻmlik xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarildi.
Egasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoʻqon superfosfat zavodi davlat korxonasi sifatida faoliyat boshlagan. Mustaqillikdan keyin ham davlat nazorati saqlanib qoldi. 1997-yilda zavod aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilib, "Qoʻqon superfosfat zavodi" OAJ deb nomlandi. "Oʻzkimyosanoat" AJ zavodni Oʻzbekiston davlati nomidan tasarruf qiladi.
2002-yil fevralda korxona aksiyalarining 60,2% chet el investorlariga sotildi va Oʻzbekiston—Rossiya chet el investitsiyasi ishtirokidagi "Qoʻqon superfosfat zavodi" ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.
2020-yil 3-aprelida imzolangan PQ-4265 sonli Prezident qarorida „Qoʻqon superfosfat zavodi“ AJ ustav kapitalining 95,54 foiz aksiyalari Singapurning Indorama korporatsiyasiga 4,3 million dollarga sotildi[2]. Sotilgan ulushda 70,54 foiz davlat aksiyalari, 25 foiz "Oʻzkimyosanoat" AJga tegishli edi. Ushbu aksiyalar Indorama korporatsiyasining Niderlandiyadan oʻtgan shoʻba korxonasi “Indorama Holdings BV” tasarrufiga oʻtkazilgan[3] [4].
2019-yil 24-may kuni imzolangan shartnomada investorga bir qator majburiyatlar yuklanadi. Xususan,
- Indorama loyihaning birinchi bosqichini moliyalashtirish uchun kamida $30 mln jalb qiladi. Bunda oʻz kafolati ostida olinadigan kreditlar va toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar hisobidan amalga oshiriladi;
- mavjud ish o‘rinlari va “Qo‘qon superfosfat zavodi” AJning faoliyat turini saqlab qolinadi;
- birinchi navbatda, respublika qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning fosforli oʻgʻitlarga, shuningdek, yangi kimyoviy mahsulotlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondiriladi;
- birinchi bosqichni muvaffaqiyatli amalga oshirish natijalariga koʻra ikkinchi bosqich doirasida kamida 40 million AQSh dollari miqdoridagi toʻgʻridan toʻgʻri investsiyalarni jalb etiladi;
- superfosfat ishlab chiqarish quvvatini 63 ming tonna 100 foiz foydali modda hisobida oshirish (I-bosqich) va yangi mahsulotlar ishlab chiqarish (II-bosqich) amalga oshiriladi.
Shartnoma imzolangach yangi xoʻjayin kompaniya nomini "Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals" AJga oʻzgartirdi.
2020-yilning iyul oyida "Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals" XMK va YTTBdan zavodni modernizatsiya qilish uchun $12,5 mln kredit jalb qildi[5].
2020-yilning yanvar oyida zavodda qiymati $500 ming boʻlgan, suvda tez eruvchan azot-fosfor-kaliyli (NPK) mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi liniyani foydalanishga topshirdi[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Boshqaruv jamoasi“. indoramakokandfertilizer.com. Qaraldi: 12-iyun 2023-yil.
- ↑ „KIMYO SANOATINI YANADA ISLOH QILISH VA UNING INVESTITSIYAVIY JOZIBADORLIGINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDAGI PREZIDENT QARORI“. lex.uz. Qaraldi: 12-iyun 2023-yil.
- ↑ „“QO‘QON SUPERFOSFAT ZAVODI” AKSIYADORLIK JAMIYATINING ISHLAB CHIQARISH QUVVATLARINI YANADA MODERNIZATSIYA QILISH, KENGAYTIRISH VA YANGI TURDAGI MAHSULOTLARNI ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL ETISH” INVESTITSIYA LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASI QARORI“. lex.uz. Qaraldi: 12-iyun 2023-yil.
- ↑ „Кокандский суперфосфатный завод продали иностранцам“. Spot.uz (2019-yil 29-iyul). Qaraldi: 12-iyun 2023-yil.
- ↑ „“Qo‘qon superfosfat zavodi”ni modernizatsiya qilishga 25 mln dollar sarmoya kiritiladi“. Daryo.uz (2020-yil 2-iyul). Qaraldi: 12-iyun 2023-yil.
- ↑ „Qoʻqondagi suvda tez eruvchan oʻgʻitlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi“. uza.uz. Milliy axborot agentligi (2021-yil 8-yanvar). Qaraldi: 12-iyun 2023-yil.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |