Qoʻrgʻon Boʻronov
Qoʻrgʻon Boʻronov (1925.25.10, Chimkent) — faylasuf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1985), falsafa fanlari doktori (1981), professor (1982). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Oʻrta Osiyo davlat universitetining tarix fakultetini (1950) tugatgan. 1956—90 yillarda Toshkent oliy partiya maktabida oʻqituvchi, dotsent, dekan, kafedra professor, kafedra mudiri. Toshkent Davlat Universiteti tabiiy fakultetlarning falsafa kafedrasi katta ilmiy xodimi (1971—73). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi falsafa kafedrasi professor (1981—84). Siyosatshunoslik va boshqaruv instituti professor (1990—92). Ilmiy ishlari maʼnaviy madaniyat taraqqiyotining umumfalsafiy masalalari, gumanizm va madaniyatning oʻzaro bogʻliqligi, milliy munosabatlar va milliy madaniyatlar rivojlanish dialektikasi muammolariga bagʻishlangan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |