Kontent qismiga oʻtish

Qoʻsh hovuz mahallasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qoʻsh hovuz
Mahalla
Mamlakat Oʻzbekiston
{{{mintaqa_turi}}} Samarqand

Qoʻsh hovuz mahallasi – Samarqand viloyati, Samarqand shahrida joylashgan mahalla.

Qoʻsh hovuz mahallasi XV asrda tashkil topgan. Samarqand shahrining shimoliy gʻarbiy hududida paydo boʻlgan. Mahalla sharqdan Soʻfi Roziq va Maddohi, shimol tomondan Xoʻjajon Xoʻja, janub tomondan Tagi Shoʻr hamda gʻarbdan Koʻk masjid va Yusufboy mahallalari bilan chegaradosh boʻlgan[1]. Mahalla ichida madrasa, maktab, ikkita masjid, hammom, uchta qabriston, karvonsaroy, savdo doʻkonlari, ikkita hovuz, attorlik bozori va boshqa tarixiy inshotlar bunyod etilgan. Hovuzning birida suv loyqadan tozalanib, ikkinchi hovuzga quyilgach, uni isteʼmol qilish mumkin.

Mahallada mashhur tarjimon Mirzo Qoʻqandboy, shoir Saidahmad Vasli, naqqosh Mahmud, meʼmor Abduqodir Boqiyev va shoir Fikri yashab ijod etganlar. Mahalla ichida yahudiy millatiga mansub mahalliy puldorlardan birining homiyligi ostida yahudiy xotin-qizlarining sinagogasi qurilgan edi. Keyingi paytlarda sinagoga tugatilib, uning binosida kozi ojizlar klubi ochilgan[2]. Qoʻsh hovuz mahallasi hududida kompozitor, Oʻzbekiston xalq artisti, professor Doni Zokirov, akademiklar Minhoj Gʻulomov va Islom Zohidov, professorlar Boboqul va Mardonqul Rustamovlar yetishib chiqqan.

Mahalla hududida yirik masjid joylashgan boʻlib, u shu nom bilan ataladi. Samarqand shahar „Qoʻsh hovuz“ jome masjidi taxminan 1897-1903 yillarda Axmadjon xoji bobo tomonidan oʻzining shaxsiy mablagʻi hisobidan qayta quriladi. Binoga puxta xom gʻishtlar ishlatilgan, vassajuft va ustumlardan iborat.

Masjid Samarqand gavhari „Registon“ maydonining shundoq orqasida, Qoʻshhovuz koʻchasi № 68 uyda joylashgan. Hozirda masjidda Razzoqov Jahongir Muhammadiyevich imom xatiblik qilib kelmoqda.

  1. Samiboyev, X. Самарқанд маҳаллалари тўғрисида қисқача маълумотнома. Самарқанд -2007 — 7-bet. 
  2. Абрамов, М. Гузары Самарканда. Тошкент: Узбекистан, 1989 йил — 30-bet.