Kontent qismiga oʻtish

Qoʻybosh-476

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Qoʻybosh-476 — kechpishar qovun navi. Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutida chiqarilgan (P.N. Dudko, Ye.I.Drujinina). Shakli tuxumsimon va choʻzinchoq tuxumsimon (uz. 25—30 sm, ogʻirligi 3 – 9 kg). Mevasining sirti biroz boʻginli, toʻri toʻliq, band tomoni quyuq, uch tomonida esa siyrak, goxida toʻri faqat mevasining oʻrtasigacha davom etadi. Mevasining rangi band oldida koʻkish-jigarrang, uch tomoni sargʻishjigarrang. Sirtida gullari yoʻq. Poʻsti qattiq, eti oʻrtacha qalinlikda, toʻla pishmaydi, rangi oq, poʻsti yaqinida koʻkish, tigʻiz, shirin. Urugʻdonlari urugʻxonaning yar-mini egallaydi. Oʻrugʻi oʻrtacha kattalikda, keng ovalsimon, toʻqsariq. tarkibida 7,6-10,4% qand, 10,2-13,3% quruq modda bor. Urugʻi unib chiqqandan soʻng birinchi hosili 85—95 kunda pishadi. Hosildorligi 250—300 s/ ga. Tashishga, saqlashga yaroqli (90—100 kun), soʻlish kasalligiga chidami oʻrta-cha. 1939-yildan Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasida ekish uchun davlat reyestriga kiritilgan.