Qo‘chqor qo‘rchi madrasasi
Qiyofa
Madrasa | |
Qo‘chqor qo‘rchi madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Qo‘chqor qo‘rchi madrasasi shu nomli guzarda joylashgan. Uchta hujjatda nomi uchragan. Qozikalon Mir Badriddin arznomasida Qo‘chqor qo‘rchi guzari masjidi imomi va hujralari mudarrisi mulla Sa'dulloh Xiyobon madrasasining yetti nafar mudarrisidan biri mulla Abdurahimning bo‘sh qolgan o‘rniga o‘tkazilayotgani ma'lum qilingan. Qo‘chqor qo‘rchi madrasasi mudarrisi maoshi 25 tilla bo‘lgan ekan. Mulla Sa'dullohning bo‘sh qolgan darsi o‘rniga oldingi hujjatda ko‘rsatilgan maosh bilan Oliy Arkda har dushanba kuni salovatxonlik qiluvchi mulla Karomatulloh tayinlangan. Ushbu madrasada XIX asr oxirlarida mulla Shamsiddin dars o‘tgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Buxoro ta'lim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. – B. 486.