Qoboqli ota ziyoratgohi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoboqli ota ziyoratgohi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoraoʻzak tumani markazidan 60 chaqirim shimolda, hozirgi Qoraoʻzak OFY hududida qoraqalpoqlarning XVII-XVIII-XIX asrlardagi oʻtroqlashgan manzilida joylashgan.

Qabristonda ziyoratchilarning keladigan joyi Qoboqli ota qabri joylashgan. Bu qadim davrlardan Orol dengizining yoqalarida yashagan qoraqalpoqlarning, shuningdek, oʻtroqlashgan qozoqlarning katta qabristoni. Mozoriston shimoldan janubga yarim chaqirimga yaqin choʻzilgan qum tepalik ustida joylashgan. Qabriston hududida XVIII-XIX asrlarda qurilgan koʻplab arxitektura yodgorliklari, maqbaralar oʻrin olgan. Xalq orasida u haqida har xil afsona va rivoyatlar saqlanib qolgan. Mazkur muqaddas maskanda Qarajan baxshi, Jiyen jırov Amanliq ogʻli, Berdaq bilan zamondosh Oʻtesh shoir Alshinbay oʻgʻli, Annaqul shoir, Omar shoir, Begjan shoir, Edil biy, Abdikerim oxun, Bekmurat oxun, Berdaqning qizi Hurliman baxshi va boshqa xalqimizning taniqli farzandlari dafn qilingan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. J. Hakimniyazov, I. Seytbaev, R. Ismetov. Qoraqalpogʻiston hududidagi ziyoratgohlar. «Bilim», 2023-yil.