Qobul Moʻminov
Qobul Moʻminov (1952.10.2, Koson tumani Sariq qishlogʻi) — usta chilangar, Oʻzbekiston Qahramoni (2001). Mehnat faoliyatini 1968-yilda "Muborak" davlat naslchilik zavodida traktorchi yordamchisi boʻlib ishlashdan boshlagan. 1969-yildan Muborak — Toshkent gaz quvurlari boshqarmasida quvur yotqizuvchi, 1972-yildan Muborak gazni qayta ishlash zavoZmda texnologik qurilmalarni taʼmirlash boʻyicha chilangar, tajriba, taʼmirlash va mexanika sexida temirchi usta, temirchilik ustaxonasi boshligʻi. Moʻminov Qobul uchun zarur boʻlgan, xorijdan valyutaga olib kelinadigan ayrim detallarni korxonaning oʻzida tayyorlash, muddatini oʻtagan detallarga ishlov berish yoʻli bilan ulardan qayta foydalanish muddatini bir necha barobarga uzaytirish, shu yoʻl bilan nodir va rangli metallarni tejash usuli tashab-buskori. lchaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (1994).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |