Qodir Namozov
Qiyofa
Qodir Namozov — 36 yoshda, Xatirchi rayon Boltaboyev qishloq soveti Soray qishlog‘idan, o‘zbek, sobiq savdogar, saylov huquqidan mahrum qilingan, 10 yil mehnat tuzatuv lageriga hukm etilgan, jazo mudsati 1937-yil 1-iyuldan hisoblangan. Avvaldan sovetlarga qarshi kayfiyatda bo‘lib, kolxozga kirib olib, u joydagi aksilinqilobiy guruhga aʼzo bo‘lib, kolxozchilarni paxta ekmaslikka chaqirganlikda, „Kolxozchilar baribir ochlikdan o‘lib ketadilar“ deb o‘zining uyida sovet hokimiyatiga qarshi kurash tadbirlarini muhokama qilishni tashkil etganlikda ayblanib 10 yil mehnat tuzatuv lageriga hukm qilingan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 147-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.