Qodir Zokirov
Zokirov Qodir Qodirovich | |
---|---|
Tavalludi |
25-iyul 1906-yil Jalolobod, Andijon, Fargʻona viloyati |
Vafoti |
9-avgust 1992-yil (86 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Istiqomat joylari | OʻzSSR |
Fuqaroligi | SSRI |
Sohasi | Botanika |
Taʼlimi | Pedagogika Akademiyasi |
Mashhur ishlari | Oʻrta Osiyo nabototi va geografiyasi nomenklaturasi |
Mukofotlari | Beruniy Davlat Mukofoti (1968) |
Zokirov Qodir Zokirovich (1906. 25.7, Jalolobod — 1992.9.8, Toshkent) — botanik, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1956), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1956), biologiya fanlari doktori (1951), professor (1951). Samarqand Davlat Universiteti tugatgan (1933). Oʻrta Osiyo universiteti oʻsimliklar sistematikasi va geografiyasi kafedrasi dotsenti (1941 —43), Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika instituti botanika kafedrasi mudiri (1943—52), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori (1952—56), Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi Fanlar akademiyasi prezidenti (1957–61). Fargʻona pedagogika instituti rektori (1963-66), 1966-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti Oʻsimliklar resursi boʻlimi mudiri. Ilmiy ishlari oʻsimliklar (taksonomik birliklar) sistemasi, flora, oʻsimliklar qoplami va oʻsimliklar xom ashyolarini oʻrganishga oid. Oʻsimlikshunos-sistematik sifatida kampirchopondoshlar, torondoshlar, koʻknordoshlar, hiloladoshlar va b. oilalarni oʻrganib, yangi turkum va turlarni kashf etdi. Oʻzbek tilida botanika terminlarini yaratishga asos soldi. 3. koʻp jildli "Oʻzbekiston florasi"ni tuzishda faol qatnashdi. "Ruscha-oʻzbekcha botanika atamalarining qisqacha izohli lugʻati"ni (boshqa mualliflar bilan birga, 1963), keyinchalik "Botanikadan ruscha-oʻzbekcha ensiklopedik lugʻat"ning I jildini chop etdi (X. Jamolxonov bilan hamkorlik-da). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1968).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Закиров Кадыр Закирович (Wayback Machine saytida 2010-12-02 sanasida arxivlangan), ZiyoNet
- Nekrolog