Qodir baxshi
Qodir baxshi (taxallusi; asl nomi Abdi Rahimov) (1937.16.4 — Dehqonobod tumani Chalka qishlogʻi — 1986.29.8) — baxshi. Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1966). Baxshilik sirlarini dastlab bobosi Turdi baxshidan oʻrgangan. Soʻng Umir shoir Safar oʻgʻliga shogird tushgan. 18 yoshida mustaqil dostonchi boʻlib yetishgan Qodir baxshi 60-yillarda Qashqadaryo va Surxondaryoda, Tojikiston va Turkmanistonda yashayotgan keksa bax-shilar davrasida boʻlib, ular repertuarini, doston ijrochilik mahoratini, doʻmbira chertish sanʼa-tini egallagan. Uning repertuari boy va rang-barang. "Alpomish", "Yodgor", "Kuntugʻmish", "Shirin bilan Shakar", "Rustam", "Murodxon", "Yusuf bilan Ahmad", "Yusuf va Zulayho", "Goʻroʻgʻlining tugʻilishi", "Zaydinoy", "Goʻroʻgʻli va Yunus pari", "Shahidnoma" singari 70 ga yaqin dostonlar, koʻplab terma va ertaklarni ijro etgan. Ammo u bilgan dostonlarning juda oz qismi va bir necha termalar yozib olingan.
Qodir baxshi faqat repertuarining boyligi bilan emas, balki yoqimli, shirador ovozi, ayniqsa, musiqa asboblarini yaxshi chala olish iqtidori bilan ajralib turgan. U doʻmbiradan tashqari, dutor, rubob, tor, gʻijjak, qoʻbizda mohirlik bilan kuylar ijro etib, doston yoxud terma aytavergan yo, aksincha, boshqa cholgʻu asboblaridagi quylarni doʻmbirada ijro etgan. Qodir baxshi respublika baxshilar koʻriktanlovining 5 marta gʻolibi, Moskva (1971) va Parij (1974)da oʻtgan xalq ijodkorlari xalqaro kongresslarining laureati. Qodir baxshining "Oychinor" (1984), "Jorxun maston" (1989) dostonlari, "Norguloy" dostonidan parcha va qator termalari chop etilgan. Uning nomida kinoteatr, maktab bor. Dehqonobodda uymuzeyi tashkil etilgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Murodov M., Ergashev A., Alpomishnoma, 1-kitob, T., 1999.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |