Kontent qismiga oʻtish

Qoloqsoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoloqsoy, Kolaksais — skiflar bobokaloni Targʻitoysh kenja oʻgʻli. Gerodotnnnt yozishicha, Q.dan skiflarning paralatlar qabilasi tarqalgan. Bu qabila podsho-skiflar qavmidan boʻlgan. Rivoyatlarga koʻra, bu davrda skiflar yeriga osmondan oltin buyumlar: omoch, boʻyinturuq, oybolta va qadah tushgan. Akalari Lipoqsoy va Arpoqsoy ularga yaqinlasha olmagach, Q. bu buyumlarni yerdan koʻtarib olishga va oʻz uyiga olib kirishga muvaffaq boʻladi. Q. oltin buyumlarga ega boʻlgach, skiflar podshosi etib saylangan. Bu buyumlarni skif podsholari nihoyatda ehtiyot qilib saqlaganlar. Har yili ularga atab qurbonlik qilishgan. Q. skiflar mamlakatini uchta podsholikka boʻlib, 3 oʻgʻliga taqsimlab bergan. Oltin buyumlar eng katta podsholikda asralgan.