Qon chiqarish
Qiyofa
Qon chiqarish — davo maqsadida qon tomirlaridan (koʻpincha venadan) qon chiqarish; bunda venani teshib (venepunksiya) yoki tilib (veneseksiya) qon chiqariladi. Oʻtkir yurak yetishmovchiligida yurakka kelayotgan qon oqimini kamaytirish va uning ishini yaxshilashda; oʻpka shishganda oʻpka tomirlaridagi qon miq-dorini kamaytirish maqsadida ; ogʻir gipertoniya krizlarida (qarang Gipertoniya kasalligi) qon bosimini tushirish uchun; baʼzi qon kasalliklari-da, ayrim zaharlanishlarda (mas, is gazidan) Qon chiqarish yaxshi foyda beradi. Qon chiqarish uchun baʼzan vrach tavsiyasi boʻyicha tibbiyot zuluklaridan foydalaniladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |