Kontent qismiga oʻtish

Qon gruppalari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Qon gruppalari - qonning im munogenetik xususiyatlari, bunda 1 qon gruppasiga ega boʻlgan individ qon gruppasi boshqacha individdan eritrotsitlar, leykotsitlar, qon plazmasi (qarang Plazma), koʻpchilik toʻqimalar va biologik suyuqliklarda maʼlum xil antigenlar bor yoki yoʻqligi bilan ajralib turadi. Q.g. qonning nasldan-naslga oʻtadigan belgilari boʻlib, u gemagglyutinatsiya (eritrotsitlarning yopishishi) reaksiyasi yordamida aniqlanadi. Ana shu belgilar asosida barcha odamlar qoni (irqi, yoshi va jinsidan qatʼi nazar) fuppalarga boʻlinadi. Odam qonining u yoki bu qon gruppasiga mansubligi uning individual biologik xususiyati boʻlib (ona qornidagi rivojlanish davridayoq shakllana boshlaydi), keyingi butun hayoti davomida oʻzgarmaydi.

Eritroiitlar (qizil qon hujayralari) tarkibidagi izoantigenlar — izoantigen A va izoantigen V, shuningdek, normada baʼzi odamlarning qon zardobida boʻladigan izoantitelalar — izoantitela a va izoantitela (3 koʻp amaliy ahamiyatga ega omillar hisoblanadi. Odam qonida faqat turli xil izoantigenlar va izoantitelalar (mas, A+r va V + a) boʻladi, chunki bir xil belgidagi izoantigenlar va izoantitelalar uchrashsa (mas, A va a) eritropitlar bir-biriga yopishib, odamni oʻlimga olib keladi.

Odam qonida A va V izoantigenlar, shuningdek, a va r izoantitelalar boʻlishiga qarab ularni shartli ravishda harflar hamda raqamlar bilan ifo-dalab, 4 gruppaga boʻlish mumkin. 0a(3(1) faqat, a, r izoantitelalari bor qon gruppasi; A(3(P) — tarkibida A izoantigeni va r izoantitelasi bor qon gruppasi; Va(Sh) — tarkibida V izoantigeni va a izoantitelasi bor qon gruppasi; AV0(1U) — tarkibida faqat A va V izoantigenlari bor qon gruppasi.

Q.g. haqidagi taʼlimot 19-asr oxirida yuzaga kelgan, u umumiy immunologiyaning muhim qismi. Q.g.ni oʻrganish izoantigen A ning bir xil belgiga ega emasligini koʻrsatdi. Izoantigen V izoantigen A ga nisbatan koʻproq bir xil belgiligi bilan farq qiladi. Undan tashqari, baʼzi odamlar eritrotsitida N va 0 kabi spetsifik (maxsus) antigenlar topildi.

AVO sistemasida oʻz mohiyatiga koʻra, izoantigenlardan soʻng tibbiyot amaliyotida Q.g.ning K sistemasi (Kyeziz — rezus) rezus-faktor ikkinchi oʻrinda turadi, u Q.g.ning eng murakkab sistemalaridan boʻlib, 20 dan ortiq izoantigendan tashkil topgan. 85% odamlar eritrotsitlarida K sistema antigeni — K-faktor mavjudligi, 15% odamlarda uning boʻlmasligi aniqlangan. Ana shu faktorning bor yo yoʻqligiga qarab odamlar shartli ravishda — rezus-musbat va rezus-manfiyli deb ajratiladi. Qonida K-faktori boʻlmagan ona organizmida rivojlanayotgan qomilaga rezus-faktori musbat otadan oʻtgan antigen taʼsirida unga qarshi antitelalar hosil boʻladi, bu antitelalar, oʻz navbatida, xrmila eritrotsitlariga taʼsir etib, ularning gemolizi (erishi)ga sabab boʻladi, bu gemolitik anemiya koʻrinishida namoyon boʻladi, baʼzan oʻlimga olib keladigan rezus-konflikt (ziddiyat) kelib chiqadi. Qoni rezus-manfiy odamlarga rezusmusbat qon qayta quyilganda ham shunday holat kuzatilishi mumkin.

Eritrotsitlardagi izoantigenlardan tashqari, qonning boshqa tarkibiy elementlarida ham faqat ularga xos izoantigenlar borligi aniqlandi, bu leykotsitlarning 40 dan ortiq antigenlarini birlashtiruvchi leykotsitar gruppalar mavjudligini koʻrsatdi. Odam qonining boshqa sistemalariga oid izoantigenlar AVO va K sistemalariga qaraganda kamroq amaliy ahamiyatga ega boʻlsa-da, sud tibbiyoti, genetika, antropologiya sohalari uchun ahamiyati katta.

Q.g.ga xos belgilar irsiy faktorlar bilan belgilanadi, yaʼni bolalar qonining antigen xususiyatlari ota-onaning qon gruppasiga bogʻliq. Bu sud tibbiyotida bolaning ota-onasini aniqlab berish masalalarini hal qilishga imkon beradi.

Q.g. standart zardoblar yordamida eritrotsitlardagi izoantigenlarni topish yoʻli bilan aniqlanadi. Q.g. sistemasini aniqlash koʻproq amaliy ahamiyatga ega. Qon kuyisht Qg.ning bir-biriga mos kelishi eʼtiborga olinadi. Hayvonlar qoni, qaysi gruppada boʻlishidan qati nazar, odam qoniga toʻgʻri kelmaydi.