Kontent qismiga oʻtish

Qontalash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qontalash — yumshoq toʻqimalarga qon quyilishi. Shikastlangandan bir necha soat (baʼzan bir necha min.) keyin gavda toʻqimalarining yuzasiga qon quyilishi bilan kechadi. Qontalash oldiniga toʻq qizil rangda boʻladi; quyilgan qondagi gemoglobinning parchalanishidan Qontalashning rangi asta-sekin oʻzgarib, qizildan koʻk rangga, soʻngra yashil, oxiriga borib sariq rangga oʻtadi va keyinchalik qontalash butunlay soʻrilib ketadi. Qontalashning rangiga qarab lat yeyish qachon sodir boʻlganini aniqlash mumkin. Ogʻriq qoldiruvchi vositalar, qontalashning soʻrilib ketishi uchun boshida sovuq, keyinchalik issiq qilinadi.

Chuqur toʻqimalarga qon quyilganda shikastlangandan bir necha kun keyin qontalashyuzaga kelishi mumkin. Baʼzan qontalash hayot uchun xavfli hisoblanadi. Masalan, bosh shikastlanib, koʻz qovoqlarida qontalash ("koʻzoynak" koʻrinishida) paydo boʻlishi, kalla suyagi singanligidan dalolat beradi (qarang Kalla suyagi).

Qon yoki qon tomirlari kasalliklarida, yengil lat yeganda ham qontalash. paydo boʻladi.