Qoplama ekinlar
Qiyofa
Qoplama ekinlar - asosiy ekinlar orasiga ekiladigan va asosiy ekin ustida oʻsadigan qoʻshimcha ekin. Mas, bedaga aralashtirib sepiladigan bugʻdoy, arpa. Qoplama ekinlar sifatida don ekinlari, bir yillik oʻtlar, zigʻir, kam soya beradigan boshqa chopiq qilinadigan ekinlar ekilishi mumkin. Beda, mosh, loviya uchun makkajoʻxori, beda uchun gʻalla ekinlari, ayniqsa, arpa yaxshi Qoplama ekinlar hisoblanadi (1-yili bedaning ildiz otib, yaxshi rivojlanishiga sharoit yaratadi). Qoplama ekinlar va asosiy ekinlar agrotexnikasi va oʻsish sharoitlari bir-biriga xalaqit bermay, yerdan foydalanish samara-dorligini koʻtarish imkoniyatini beradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |