Kontent qismiga oʻtish

Qoplon (hikoya)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qoplon
Muallif(lar) Said Ahmad
Janr(lar)i Satira
ISBN ISBN 0-00-000000-0

Qoplon Said Ahmadning hajviy hikoyasidir.

Voqea-hodisalarning, jamiyatdagi insonlarning hech biri nuqsonsiz boʻlishini istab, ularni inkor etmagan holda zukkolik, topqirlik, hozirjavoblik hazil-askiya bilan munosabat bildiradi. „Qoplon“ hikoyasi satirik asarning yaxshi namunasi boʻlib, kishilardagi xushomadgoʻylik, laganbordorlik, oʻz manfaati yoʻlida andisha mulohazaga bormay surbetlarcha ish tutish, odamlarning amal kursisiga qarab munosabat koʻrsatish kabi yaramas illatlar tanqidiga bagʻishlanadi. Hikoyadagi Qurbonboy obrazi misolida yozuvchi oʻzini hali tanilmagan rahbarlar pinjiga kirishning nozik yoʻllarini toʻplab olgan, hech bir isilohasiz laganbardorligini oshkora koʻrsatib, xoʻjayinning polini yuvib, gilamini ham qoqib berishdan orlanmaydigan, vaqti kelganda shartta yangi boshliqqa xizmat qilib ketaveradigan oriyatsiz, ablah bir shaxs qiyofasini koʻrsatib beradi. Tillaev ham uning xotini ham Quronboyning kimligini anglamay, ularga qilib yurgan xizmatini oʻzlaricha yaxshilikka yoʻyib yuradilar. Bu amal vaqtinchalik vazifa uchun qilinayotgan makkorlik ekaninini tushunmaydilar. Shu bois Qurbonboyga ixlosi oshib Tillaev uni mashina yuvuvchidan garaj mudiri muovini vazifasiga koʻtaradi, uyi tomini yopib olishi uchun anchagina shifer tunuka tushurib beradi. Qurbonboy esa ishi bitguncha girdikapalak boʻlib, har qanday mayda — chuyda oilaviy ymushlarini orlanmay bajarib, yangi boshliq tayinlanishi bilan Tillaev xanodonidan batamom yuz buradi. Xushomadining asosiy vositasi boʻlgan it „Qoplon“ni olib ketib, yangi rahbarga ham xuddi avvalgiday alfozda taqdim qiladi. Uning surbetligi shuqadar kuchliki, Qurbonboy Tillayevni yangi boshliqnikida koʻrib qolganida, hatto uyalmaydi ham. Direktorning charm toʻnini artib turaveradi. Hatto it Qoplan eski xoʻjayinini tanib, dumini likillatib erkalanadi. Hikoya soʻngida Tillayev Qoplonni koʻrib „Bu itni taniyman“ desa-da, achchiq istehzo bilan aytilgan bu soʻzlarni asli Qurbonboyga qarab qoʻyib aytadi. Demak, „it“ deb Qurbonboyni nazarda tutadi. Yozuvchi bu bilan Qurbonboylar kabi buqalamun kimsalar, ablah odamlarni jamiyatda, insonlar orasida oʻrni boʻlishi kerak emas, degan gʻoyani ilgari suradi.