Kontent qismiga oʻtish

Qopqon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
qo'lbola qopqon
Qopqon — yovvoyi hayvonlar va qushlarni ovlash (ilintirish) uchun moʻljallangan moslama, qurilma va apparatlar. Ikki turi: odam ishtirok etadigan va etmaydigan (avtomatik) turlari bor. Odam ishtirok etadigan Q.lar turli-tuman toʻrlar, tortma sirtmoqlar, matraplar, qopqogʻi arqon yordamida tortib olinadigan chuqurlar va boshqalardan iborat. Bular asosan hayvonlar va qushlarni tirik tutish uchun ishlatiladi. Odam ishtirok etmaydigan ("avtomatik") Q.lar jumlasiga tuzoqlar, sirtmoqlar, prujinali moslama va qurilmalar, tarang tortilgʻan chilvirga tegib ketilganda oʻz-oʻzidan otiladigan oʻq-yoylar, ustiga omonatgina xashak yopib qoʻyiladigan chuqurlar, ichiga hayvon kirganda eshigi "oʻz-oʻzidan" yopilib qoladigan uzunchoq yashiklar va boshqa kiradi. Sichqon va kalamushlar uchun moʻljallangan prujinali qisuvchi Q.lar keng tarqalgan. Ayrim Q.lar odam uchun ham xavfli boʻlishi mumkin. Oʻzbekistonda tulki, toʻngʻiz, quyon, boʻrsiq, kaklik, bedana va boshqa uchun Q. va tuzoqlar qoʻyiladi.