Kontent qismiga oʻtish

Qoqi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoqi (fors-toj. — quritilgan) — ayrim oziq-ovqat maqsulotlarini uzoq muddat saqlash usullaridan biri; quritilgan sabzavotlar, meva, qovun, goʻsht, non va boshqa Olma, nok, shaftoli, oʻrik kabi mevalar Q. qilishdan oldin yuviladi, olma, nok bir necha parrakka, danakli mevalar oʻrtasidan ikkiga boʻlinadi, urugʻi (danagi)dan tozalanadi va xirmonda oftobda yoki maxsus elektr quritgichlarda quritiladi. Pomidorni par-raklab (tuz sepiladi) yoki 2 boʻlib, baqlajonni uzunasiga 4 ga boʻlib Q. qilish mumkin. Kanop, qogʻoz qoplarda, qutilarda salqin joyda saqlanadi. Qish faslida isteʼmol qilinadi, kompotlar tayyorlanadi, ivitib ovqatga ishlatiladi yoki sabzavot Q. laridan salatlar tayyorlanadi (qarang Qovunqoqi).