Kontent qismiga oʻtish

Qor chizigʻi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Qor chizigʻi, qor chegarasi — qorlarning togʻlarda erimay qoladigan va firnga aylangan quyi chegarasi. Qor chizigʻi balandligi joyning geografik kengligi, havo harakati, iqlim. yogʻin miqdori, joyning orografiyasi va yon bagʻir ekspozitsiyasiga bogʻliq. Qor chizigʻining balandligi issiq oʻlkalardan sovuq oʻlkalarga tomon pasayib boradi. Qutbiy oʻlkalarda dengiz sathidan boshlanadi, Novaya Zemlya o.da 600 m, Alp togʻlarida 2200–3100 m, Oʻzbekistondagi togʻlarda 3800–4200 m, ekvator yaqinidagi togʻlarda 5000 m balandlikda joylashgan. Yevrosiyo materigida iqdim qurgʻoqchillashgan sari, yaʼni gʻarbdan sharqqa tomon balandlashib boradi. Mas, Alp togʻlarida 2200 m, Kavkaz togʻlarida 3600 m, Oltoyda 4800 m va hokazo Haqiqiy (yoz oxirida eng baland) va mavsumiy (vaqtincha) Qor chizigʻi farq qilinadi. Qor chizigʻida yogʻadigan qor miqdori bilan erishi mumkin boʻlgan qor miqdori teng boʻladi, undan yuqorida esa qor erib ulgurmaydi va toʻplanib boradi.