Kontent qismiga oʻtish

Qora Caesar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qora Caesar (Black Caesar) — XVIII asrda yashagan afrikalik qaroqchi. Qirolicha Annaning qasosi kemasida kapitan Qora soqolning ishongan odami sifatida xizmat qilgan.

Bolaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Henry Caesar Gaiti orolida qul boʻlib tugʻilgan. Oilasi bilan doimiy ogʻir mehnatni boshidan kechiradi. Xoʻjayini uni yoqtirmasdi va shu sababdan bolaligidanoq qiyinchilik bilan ulgʻayishiga toʻgri keladi. Xoʻrliklar joniga tekkan Henry qoʻzgʻalonchilar safiga qoʻshiladi va bir nafar nazoratchini oʻldiradi. Keyinchalik dengizda boylik orttirishga harakat qiladi va qaroqchilik faoliyati shu tarzda boshlanadi.[1]

Hayot yoʻli[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hisob-kitoblarga koʻra Oltin davridagi qaroqchilarning 10000 dan oshiq boʻlgan va shularning 1/3 qismini qullar tashkil etgan. Ular orasida Henry Caesar ham boʻlgan. Dastlab kemada qullarga xos ishlar bilan shugʻullangan: pol yuvgan va hokazo qora ishlarni bajargan. Qaroqchi sifatida faoliyati Florida sohillaridagi talonchiliklar bilan boshlangan. Florida qirgʻoqlari yaqinida toʻsatdan boʻron koʻtarilib , Florida rifida kema halokatga uchrashi mumkin edi. Muqarrar halokatni hisobga olgan holda, bir dengizchi pastki palubaga tushib, Caesarni ozod qildi. Shundan soʻng boʻron ularni sohilga surib tashladi va ular boʻron tinishini kutishga majbur boʻlishdi. Koʻp oʻtmay oʻtayotgan kemalardan biriga, oʻzlarini kemasi halokatga uchragan insonlardek koʻrsatib chiqib olishadi. SHundan soʻng, kemadagilarning qurollarini tortib olishadi, ulardan pullarini talab qilishadi. Shu tarzda koʻplab kemalarni egallagandan keyin, ular yaxshigina boylik toʻplashadi. Biroq oradan biroz vaqt oʻtib, ayol sababli oʻrtada nizo kelib chiqadi va Qora Caesar doʻstini duelda oʻldiradi. Vaqt oʻtishi bilan u oʻziga koʻproq qaroqchilar yollaydi va kengaytirib oladi.[2]

Qora soqol xizmatida[tahrir | manbasini tahrirlash]

XVIII asr boshlarida Caesar Amerika kemalarini talon-toroj qilishda Qora Soqolga qoʻshilish uchun Biskeyn koʻrfazini tark etdi va oʻzining flagmani Qirolicha Anna qasosida leytenant boʻlib xizmat qildi. Qora soqol qoʻlga tushishni xohlamagan va shu uchun Qora Caesarga mabodo qoʻlga tushgudek boʻlsa kemani portlatishni buyuradi. 1718-yilda Qora soqol Okrakok orolida leytenant Robert Maynard bilan jangda vafot etganidan soʻng, u bilan kelishuvga koʻra porox doʻkoniga oʻt qoʻyishga harakat qildi. Biroq urinish vaqtida uni toʻxtatishadi va asirga olinadi. Shundan soʻng esa osib oʻldiriladi.[3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Claudia Mendes „The Legend of Black Caesar: The Pirate who Buried $6 Million Worth of Gold“. War History Online.
  2. Melissa Petruzzello „Black Pirates and the Tale of Black Caesar“. Britannica. Qaraldi: 2022-yil 27-iyun.
  3. „The Black Caesar“. pirates. Qaraldi: 2022-yil 27-iyun.