Kontent qismiga oʻtish

Qora ituzum

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Qora ituzum - ituzum turkumiga oid bir yillik oʻt – oʻsimlik.https://data.atomiyme.com/image/e63b3218541d0e33.jpg

  • Dunyo: Oʻsimlikalr dunyosi (flora)
  • Boʻlim: Yopiq urugʻlilar
  • Sinf (ajdod): Ikki urugʻpallalilar
  • Oila: Ituzumdoshlar
  • Turkum: Ituzum
  • Tur: Qora ituzum

Tuzilishi va Tarqalishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uni paxtazorlarda, polizlarda va boshqa ekinzorlarda, yoʻl yoqalarida ham uchratish mumkin. Qora ituzumning boʻyi 25-50 sm (oʻtloq sebargasiga oʻxshash). Poyasi sershox. Barglari oddiy, uzunchoq tuxumsimon. Gullari oqish, shoxlari uchidagi gajak toʻpgullarda 3 tadan 10 tagacha gul joylashgan. Gulkosachasi va gultoji 5 boʻlakli. Changchilari 5 ta boʻlib, urugʻchisi 1 ta.

Qora ituzum iyun oyi oxiridan to tupini sovuq urguncha gullayveradi. Sharsimon rezavor mevalari avgustning oxirida qorayib pishadi. Bu oʻsimlik 40 mingtagacha urugʻ beradi. Urugʻlari qattiq qobiqli, tuproqda uzoq vaqtgacha unuvchanlik qobiliyatini saqlaydi. Mevalari qorayib pishganidan keyin isteʼmol qilinadi. Ular dorivorlik xususiyatiga ega.

Xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mevalari „C“ darmon doriga boy, undan xalq tabobatida foydalaniladi. „C“ darmondoriga ega ekanligi sababli u arteriyal bosimni tushiradi, moddalar almashinuvini yaxshilaydi, organizmdan mikroblarni chiqarib yuborishga yordam beradi. Bundan tashqari, mevalari yana ogʻriq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi, yalligʻlanishga qarshi va antiseptik sifatida ishlatiladi. Ular nerv tizimiga taʼsir etadi va uni yaxshilaydi. Barglari ham yalligʻlanishga qarshi va ogʻriq qoldiruvchi xususiyatlarga ega. Maʼlumotlarga qaraganda, qora ituzum mevasi yurak-qon tomir kasalliklari va qandli diabetdan eng yaxshi profilaktika ekan. Semirib ketishdan qoʻrquvchi kishilar bir kunda 100 gr qora ituzum isteʼmol qilsa, tanada yogʻ mahsulotlari yigʻilishidan oʻzini himoyalagan boʻladi.

[1]

  1. Qora ituzum (o'zbek tilida) — 125-bet.