Kontent qismiga oʻtish

Qora sedana yoʻgi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qora sedena yog‘i (ing. Black seed oil) ― och sariq rangdagi yog‘li suyuqlikdir. Mahsulot o‘ziga xos taʼm va hidga ega. Yog‘ turli damashq qora sedanasi (lat. Nigella damáscena) yoki anʼanaviy qora sedana (lat. Nigella sativa)urug‘laridan tayyorlanadi

Yog‘ urug‘lardan ularnini sovuq presslash usuli orqali olinadi.

Oʻsimlik moyining asosiy komponenti nigellon yoki nigelaz boʻlib, u ikkita ditimoxinon va timoxinon[1][2] yoki faqat karbonil polimer timoxinonning hosilasidir. Yog‘ tarkibida shuningdek, fosfolipidlar, lipaza, asetatlar, ergostenil, glitserin, selinen, katexinlar, fermentlar, efir moylari, alkaloidlar va bir qator kislotalarni o‘z ichiga oladi. Ularning umumiy hajmi mahsulotning deyarli uchdan bir qismini tashkil qiladi. Yog‘ kislotalarining tarkibi ko‘p va xilma-xildir bular: linolein (55-65 %), olein (15-18 %), palmitin (10-12 %), stearin (1-3 %), miristik, behenik, margarin, araxin, pentadekanoik va ularning hosilalari[3].

Xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qora sedana yog‘i kislotali — 1,5, yod — 84, efir — 149,5, Saponification(sovunlanish) — 151 kabi korsatkichlarga ega. Bu GF XI usuliga muvofiq aniqlanadi.

Qora sedana yog‘idan foydalanib, biologik faol oziq-ovqat qoʻshimchalari va kosmetika (masalan, shampun va sochni parvarish qilish uchun boshqa mahsulotlar) vositalari ishlab chiqariladi. Timoxinonda neyroprotektiv xususiyatlari mavjudligi o‘rganilmoqda.

  1. „Тимохинон как потенциальный нейропротектор при острых и хронических формах церебральной патологии (обзор)“ (ru). www.neurology.ru (2020-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 7-noyabr.[sayt ishlamaydi]
  2. „Avicenna Black Seed Oil (Масло Черного Тмина ) 90 капсул — купить в интернет-магазине OZON с быстрой доставкой“ (ru). OZON.ru. Qaraldi: 2020-yil 7-noyabr.
  3. N. K. Rud, A. M. Sampiev, N. A. Davitavyan. Osnovnie rezultati fitoximicheskogo i farmakologicheskogo issledovaniya Chernushki posevnoy. Kubanskiy gosudarstvenniy meditsinskiy universitet, g. Krasnodar // Nauchnie vedomosti. Seriya Meditsina. Farmatsiya. — 2013. — № 25 (168). — Vipusk 24.