Kontent qismiga oʻtish

Qorachittak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qorachittak - chumchuqsimonlar turkumiga mansub qush. Yevropa, Janubiy Sibir, Sharqiy va Janubiy Xitoy, Eron, Kavkazda, Oʻrta Osiyoning sharqiy Tyanshan qismida tarqalgan. Qanoti 55–58 mm, vazni 9—10 g. Boshi, tomogʻi va koʻkragi qora. Usti toʻq kulrang. Qorin qismi och jigarrang. Yum-shoq toʻshamali kovaklarga uya quradi. Yiliga 2 marta 7—11 tadan tuxum qoʻyib, 12—14 kun bosadi. Poloponlarini uyasida 20 kun oziqlantiradi. Hasharotlar tuxumlari va lichinkalari hamda oʻsimliklar urugʻi bilan oziqlanadi. Q. qishga zaxira oziq toʻplaydi. Urmon xoʻjaligi uchun foydali kush.