Kontent qismiga oʻtish

Qorakurmak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qorakurmak, shamak — boshoqdoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi havol, boʻyi 100 sm cha. Bargi nashtarsimon, chetlari gʻidirish, oʻtkir qirrali, barg plastinkasi oʻrtasidan yoʻgon tomir oʻtadi. Toʻpguliroʻvak. Pishib yetilgan boshoqlari oson toʻkiladi. Mevasi uchi oʻtkirlashgan ellipssimon doncha. Kuzda tuproqqa toʻkilib, qishlab chiqqan doni bahorda kechroq, yuqori temperaturada una boshlaydi. 1 sm dan ortiq chuqurlikka tushgan Q. urugʻining unuvchanligi keskin kamayadi. Q. iyuldan kech kuzga qadar gullab, mevalaydi. asosan urugʻidan koʻpayadi. Bir oʻsimlik tuplanish darajasiga qarab 5 — 13 mingga yaqin urugʻ beradi. Barcha sugʻoriladigan dehqonchilik maydonlarida uchraydi.

Kurash choralari: kuzgi shudgor, almashlab ekish, ekin agrotexnikasini sifatli oʻtkazish. Paxta dalalariga gerbitsidlardan treflan, kotoran, prometrin preparatlarining suvli suspenziyasini ekish vaqtida lenta usulida yerga sepish.