Kontent qismiga oʻtish

Qoramugʻ

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoramugʻ, qoramigʻ — chinniguldoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. Poisi yalangʻoch, tik oʻsadi, yuqori qismi sershox, boʻyi 30—100 sm. Barglari qarama-qarshi joylashgan, bandsiz tuxumsimonnashtarsimon. Gullari pushti yoki och-qizil qalqonsimon toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi koʻp urugʻli sharsimon koʻsakcha. Maydan avgustgacha gullab, mevalaydi. Urugʻidan koʻpayadi. Bir tupi 400—500 urugʻ tugadi. Urugʻi 5—10° da koʻkaradi. Urugʻi tarkibida zaharli saponin moddasi bor. Q. mollarga berilmaydi. Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Sugʻoriladigan va lalmi don ekinlarini, shuningdek, tariq va zigʻir ekilgan maydonlarni ifloslaydi.

Kurash choralari: don ekinlari urugʻligi tozalanadi; qishlab chiqqan maysalarini yoʻqotish uchun kultivatsiya qil inadi; don ekinlari gerbitsidlar bilan dorilanadi.