Kontent qismiga oʻtish

Qoraqalpogʻiston yoshlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoraqalpogʻiston yoshlari ("Qaraqalpaqstan jaslari") — qoraqalpoq tilida chiqadigan haftalik gazeta. Toʻrtkoʻl shahrida chop etiladi. Muassislar — Qoraqalpogʻiston Respublikasi vazirlar Kengashi hamda Oʻzbekiston Respublikasi "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpogʻiston boʻlimi. dastlab "Qaraqalpaq komsomollarm" (1931), "Jas leninshi" (1931-92) nomlarida chiqqan. 1992-yildan hozirgi nom-da. Ikkinchi jahon urushi yillarida gaz. faoliyati vaqtincha toʻxtatilib, gaz.ning vazifasi yetakchi nashr — "Qmznl Qarakalpaqstan" gaz. "Komsomol turmyum" ("Komsomol hayoti") boʻlimi ochilib, uning zimmasiga yuklatilgan. 1950-yilning 1-iyulidan yoshlar gaz.si qayta nashr etila boshlagan. Gaz. tahririyatida "Maktublar va ommaviy ishlar" hamda "Yoshlar hayoti va muammolari" boʻlimlari faoliyat olib borib, har oyda "Za-mandas" ("Zamondosh"), "Derman" ("Darmon"), "Oʻa-ha-ha" ("Qahqaha") klublari materiallari, shuningdek, "Yoshlar ijodidan",."Shaxsiy fikr", "Ekologiya", "Kamolot xabarlari", "Ahvoling qalay, qishloqdosh", "Davr va yoshlar" va boshqa ruknlarda maqolalar chop etiladi. Adadi 6000 nusxa (2005).

Nasriddin Nazarov.