Kontent qismiga oʻtish

Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi
Qaraqalpaqstan Respublikası Joqarǵı Keńesi
Gerb yoki logotip.
Tip
Tip Bir palatali parlament
Rahbariyat
Joʻqorgʻi Kenges raisi Amanbay Orinbayev
Tuzilma
Aʼzolar 65
Uzbekistan Karakalpak Parliament 2020.svg
Fraksiyalar

Hukumat (33)

Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi (19)

Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi (14)

Muxolifat (32)

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi (16)

Oʻzbekiston ekologik partiyasi (10)

Adolat sotsial-demokratik partiyasi (6)
Ovoz berish tizimi yashirin
Oxirgi saylovlar 22-dekabr 2019-yil va 5-yanvar 2020-yil
Majlislar zali
Karakalpakstan Parliament Buiding in Nukus.jpg
Nukus shahridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi binosi (Islom Karimov guzari ko‘chasi, 112-uy)
Sayt
joqargikenes.uz

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi (qoraqalpoqcha: Qaraqalpaqstan Respublikası Joqarǵı Keńesi) — 1995-yil 25-dekabrda tashkil etilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun chiqaruvchi hokimiyatini amalga oshiruvchi oliy davlat vakillik organi, Respublika parlamenti.

Faoliyati tartibi va vakolatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Joʻqorgʻi Kenges Qoraqalpogʻiston Konstitutsiyasi va uning faoliyatining huquqiy asosi boʻlgan „Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi toʻgʻrisida“gi Konstitutsiyaviy qonun asosida tashkil etilgan. Kenges tarkibi hududiy saylov okruglari boʻyicha koʻppartiyaviylik asosida 5 yil muddatga saylanadigan deputatlardan tuziladi. Saylov kunigacha 25 yoshga to‘lgan Qoraqalpog‘iston fuqarolari Jo‘qorg‘i Kengesga saylanish huquqiga ega.

Jo‘qorg‘i Kengesning mutlaq vakolatlariga quyidagilar kiradi: Qoraqalpog‘iston Konstitutsiyasi va qonunlarini qabul qilish, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, Jo‘qorg‘i Kenges raisini — Qoraqalpog‘iston Respublikasining oliy mansabdor shaxsini va Vazirlar Kengashi raisini saylash, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosarlarini va Vazirlar Kengashi a’zolari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisini lavozimga tayinlash hamda lavozimidan ozod etish, vazirliklarni va boshqa davlat organlarini, Respublika prokurorini, tuman va shahar sudlarini tashkil etish va tugatish, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish davlat dasturlarini qabul qilish, byudjetni tasdiqlash va uning ijrosini nazorat qilish, ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini qonun hujjatlari bilan tartibga solish[1].

Joʻqorgʻi Kenges raisi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Qoraqalpog‘iston Respublikasining oliy mansabdor shaxsi hisoblanadi. Yashirin ovoz berish yoʻli bilan deputatlar orasidan Joʻqorgʻa Kengesi vakolat muddatiga, ketma-ket ikki muddatdan koʻp boʻlmagan muddatga saylanadi. Joʻqorgʻi Kengesi raisi Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat oliy organlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni taʼminlaydi, qonunlar va meʼyoriy hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Joʻqorgʻi Kengesga Vazirlar Kengashi raisi lavozimiga nomzod koʻrsatadi. Vazirlar Kengashi raisining taqdimiga binoan tumanlar va shaharlar hokimlarini tayinlaydi hamda lavozimidan ozod qiladi, mahalliy xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlaganidan keyin Jo‘qorg‘i Kengesga taqdim etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Oliy sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston xo‘jalik sudi raislari va sudyalari lavozimlariga, shuningdek, tuman va shahar sudlari sudyalari lavozimlariga nomzodlarni Jo‘qorg‘i Kengesga taqdim etadi, Joʻqorgʻi Kengesga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va uning ishini tashkil qiladi.

Rais Qoraqalpog‘iston Konstitutsiyasi va qonunlarini buzgan taqdirda, deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismining qarori bilan, hmada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi xulosani hisobga olgan holda deputatlarning uchdan bir qismining tashabbusi bilan egallab turgan mansabidan olinishi mumkin. Rais shaxsiy iltimosiga ko‘ra, yana, sog‘lig‘i tufayli o‘z vazifasini bajara olmasa, Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan tuzilgan Davlat tibbiy komissiyasining tasdiqlangan xulosasi bilan lavozimdan ketishi mumkin. Bunda raisni iste’foga chiqarish to‘g‘risidagi qaror deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Yangi rais uchun saylov o‘n kun ichida o‘tkazilishi kerak[1].

Jo‘qorg‘i Kenges deputatlarining birinchi saylovi 1994-yil 25-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov bilan bir vaqtda bo‘lib o‘tgan. Saylovda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi va mahalliy vakillik organlaridan 172 nafar nomzod ishtirok etib, 86 deputatlik o‘rni uchun kurash olib borishgan. Ovoz berishning birinchi turi natijalariga ko‘ra, 75 ta saylov okrugidan 75 nafar deputat saylangan, 1995-yil 22-yanvarda 11 ta saylov okrugida takroriy saylovlar o‘tkazilgan.

Saylovning yakuniy natijalariga ko‘ra, vakillik organlaridan 43 nafar va Xalq demokratik partiyasidan 41 nafar deputatdan iborat blok ro‘yxatga olingan[2].

Joʻqorgʻi Kenges raislari roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Yeshimbetova Tursun Allambergenovna (1990 — 2.1991)
  2. Shamshetov Davletbay Nuratdinovich (2.1991 — 11.1991)
  3. Ashirbekov Ubbiniyaz Ashirbekovich[3][4] (1992—1995, 1995—1997)
  4. Kamalov Timur Kamalovich (iyul 1997 — 3-may 2002)[5]
  5. Yerniyazov Musa Tajetdinovich (3-may 2002 — 31-iyul 2020)
  6. Kamolov Murod Kallibekovich (2.10.2020[6] — 26.08.2022)
  7. Orinbayev Amanbay Tleubaevich (26.08.2022)

Deputatlar roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Orinbayev Amanbay Tleubayevich
  2. Saparbayev Rustam Tursinbayevich
  3. Utambetov Duysenbay Usnatdinovich
  4. Reymova Zuxra Abatbayevna
  5. Kurbaniyazov Dauitbay Kalbayevich
  6. Otemisov Sharapat Jangabayevich
  7. Aytjanov Paxratdin Yuldashevich
  8. Reimbayev Adilbek Ruzimuxammadovich
  9. Otemuratov Bayrambay Perdebayevich
  10. Ayimbetova Gulxatsha Aymanovna
  11. Kaipbergenov Batirbek Tulepbergenovich
  12. Reymov Axmed Mambetkarimovich
  13. Sidiqov Baxodirjon
  14. Bekchanov Djurabek
  15. Baymuratov
  16. Axmedov Yaxshimurat
  17. Ataniyazova Oral Aminovna
  18. Yeshmuratov Kuandik Otebayevich
  19. Shimbergenov Murat Adilbayevich
  20. Daniyarov Abatbay Saparbayevich
  21. Kamalov Murat Kallibekovich
  22. Bekbergenov Orinbay Dosbergenovich
  23. Paluanova Zuxra Daribayevna
  24. Kalenova Venera Duysenbayevna
  25. Ruzmetova Tabassumxon Bekbergenovna
  26. Romanov Tajibay Niyetullaevich
  27. Uteniyazova Altingul Palo‘anovna
  28. Omirova Andjela Kurbanbayevna
  29. Jalmenov Ulikbek Abilayevich
  30. Karimov Kenes Aytmuratovich
  31. Abdullayeva Zavra Ibadullayevna
  32. Gichgeldiyeva Sayat Gayipovna
  33. Matniyazova Aysha Ataniyazovna
  34. Yeshimbetov Xalilla Bekimbetovich
  35. Xodjamuratov Komiljon Djumabayevich
  36. Imamova Sayyora Yakubbayevna
  37. Xo‘jamuratova Sanobar Ismailovna
  38. Xalilayev Faxratdin Sadullayevich
  39. Xasilov Xusnutdin Nuritdinovich
  40. Ibragimov Baxitjan Jarilqapovich
  41. Aytekov Batir Qaniyazovich
  42. Utambetova Bibixan Kalbayevna
  43. Matyakubova Nazira Toxtabayevna
  44. Allabergenova Uringul Tuxtabayevna
  45. Irisbekova Kammuna Narinbayevna
  46. Kim Vitaliy Yakovlevich
  47. Mambetkadirov Ruslan Alimbayevich
  48. Aitbayeva Diloram Ibadullayevna
  49. Babadjanov Zakirjan Samandarovich
  50. Isakulov Dadajon Aynakulovich
  51. Dauletnazarova Raya Kurbanbayevna
  52. Kadirov Kamiljan Kadirovich
  53. Gaipov Murat Xojabayevich
  54. Yeshanov Suyeubay Aliyevich
  55. Naurizov Kalbay Togayevich
  56. Davletov Atabek Ilxamovich
  57. Abdinazimov Shamshetdin Najimovich
  58. Mustafoyev Ulugbek Mavlonovich
  59. Zorkina Galina Aleksandrovna[7]

Joʻqorgʻi Kenges Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda 1924-yil noyabrdan chiqadigan „Yerkin Qaraqalpaqstan“, 1919-yil iyunidan chiqadigan „Vesti Karakalpakstana“ hamda 1992-yil 25-iyuldan chiqa boshlagan „Amu tongi“ gazetalarining hammuassisidir.

  1. 1,0 1,1 „Конституция Республики Каракалпакстан“. Жокаргы Кенес Республики Каракалпакстан. 2019-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-mart.
  2. „История Жокаргы Кенеса“. Жокаргы Кенес Республики Каракалпакстан. 2019-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-mart.
  3. „ЕВРАЗИЯ — Марип Кунградский: Украинские события разбудили все каракалпакские диаспоры“. 2019-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-aprel.
  4. „Указ Президента Республики Узбекистан от 23.12.1994 г. N УП-1027 «О введении в действие Положения о паспортной системе в Республике Узбекистан» | Pasportno-vizovaya sistema |…“. 2021-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-aprel.
  5. „procella.ru is for sale“. 2017-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-aprel.
  6. „Избран Председатель Жокаргы Кенеса | Institut strategicheskix i mejregionalnix issledovaniy pri Prezidente Respubliki Uzbekistan“. isrs.uz. 2021-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-mart.
  7. Депутаты Жокаргы Кенеса — Жокаргы Кенес Республики Каракалпакстан