Kontent qismiga oʻtish

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Qoraqalpoq teatridan yoʻnaltirildi)
ukus sha
Turi Teatr
Joylashuvi Nukus shahri
Tashkillashtirilgan sanasi 1926-yil 11-aprel
Direktor Nietullaev Asan Xojabayevich
Telefon (kassa) (97) 789 38 79(91) 384 70 69
Vebsayti berdax-teatr.uz

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri – Oʻzbekistondagi eng qadimiy teatrlardan biri, 1926-yilda tashkil etilgan va Nukus shahrida joylashgan.

Qoraqalpogʼiston viloyati Ijroiya qoʼmitasining 1926 yil 11 apreldagi „Qoraqalpoq milliy drama truppasini tashkil etish toʼgʼrisida“gi maxsus qarori bilan „Tong nuri“ Qoraqalpoq milliy teatr truppasi tashkil qilinadi va uning badiiy rahbarligiga Toʼrtkoʼl shahridagi pedagogik texnikum oʼqituvchisi Z. F. Qosimov tayinlanadi.[1].

1926 yil 8 noyabrda Qosim Avezovning „Tilak yoʻlida“ nomli kartinali tarixiy dramasi bilan „Tong nuri“ truppasining birinchi pardasi tantanali ochildi. Qoraqalpoq milliy teatri tarixining solnomasi aynan shu kundan boshlandi.

1927 yili Z.Qosimovning asosiy ishiga qaytishi sababli truppaga Abdiraman Otepov rahbarlik qila boshladi. Abdiraman Utepovning „Oʼz tengini topgan qiz“ piesasi asosidagi spektakl edi. U yillar davomida sahnadan tushmadi. Muallifning oʼzi spektaklga rejissyorlik qildi va asar sahnaviy talqinining xalqchilligi va tomoshaviyliligini taʼminlashda xalq qoʼshiqlaridan oʼz oʼrnida, unumli foydalandi.

1930-yili truppa Qoraqalpoq davlat teatri boʻlib tashkil qilindi.

Qoraqalpogʼiston hukumati Moskvadagi Davlat teatr sanʼati instituti qoshida „Qoraqalpoq milliy studiyasi“ni tashkil etishga qaror qildi. 1934 yil boʼlajak studiyachilarni tanlash uchun Moskvadan maxsus komissiya keldi. Komissiya aʼzolari badiiy havaskorlik jamolari spektakllari va kontsertlarini tomosha qildi, talabgorlarni daslabki imtihondan oʼtkazib, 33 nafar qobilyatlilar tanlab oldi. 1939-yilning iyul oyida Moskva studiyasi tinglovchilari oʼz yurtiga qaytib keldilar teatr tarkibiga qoʼshildi.

1939-yildan teatr Konstantin Stanislavskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali drama va komediya teatri deb nomlandi.

1989-yildan teatr Qoraqalpoq davlat musiqali teatri deb nomlandi.

1991-yildan teatrga xalqimizning buyuk badiiy soʻz ustasi, mumtoz adabiyotimiz dargʻalaridan biri Berdaq nomi berildi.

2017-yil fevral oyida teatrga „akademik teatr“ maqomi berilib, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqa teatri deb yuritila boshladi.

Teatr koʻp janrli hisoblanadi va unda opera, balet, musiqiy drama va dramatik asarlar sahnalashtiriladi[2].

Teatrning koʼp yillar davomida erishgan yutuqlari, ayniqsa yoshlarni Vatanga sadoqat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, insonlar qalbiga yaxshilik nurlarini singdirishni oʼzining ezgu minnati deb bilib, fidokorona xizmat koʼrsatib kelayotganini hisobga olib,Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2017 yil 23 fevraldagi maxsus buyrugʻi bilan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik teatr maqomi berildi[3].

Teatr repertuari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teatr saxnasida dunyo va milliy adabiyotimizdi eng yaxshi dramatik asarlar saxnalashtirildi. Ularning orasida komediya, tragediya, balet va opera janridagi asarlar bor[4].

1930-yillari A.Otepovning „Odekalon“, „Ana halos“, „Ikki boshli suv qaboq“, „Boʻyaqchi vakil“, „Seytmurat-dangasa“, „Gumon“, „Zindon“, „900 gramm“, „Shaleke boy“, „Ochlik zori“, „Marqaboy botir“, „Oltmish metr, yetmish metr“, „Meyerxol“ singari pyesalardan, A.Begimovning „Bu kim“ dramasi va J.Aymurzayevning „Byurokratlar“ komediyasini muvaffaqiyatli sahnalashtirdi.

1941-1945 yillari urush davri boʻlishiga qoramasdan teatr jamoasi oʻz ijodini davom ettirdi. Ayimxan Shamuratova va Yuldash Sharipovlar boshchiligidagi 2 ta guruh tuzib, Qoraqalpogʻistonning olis ovullarida gastrol safarlarida boʻlib, mablagʻni frontga yordam sifatida joʻnatdilar. Bu davrda teatr repertuarida xalqning or-nomusini, gʻururini koʻtaradigan vatanparvarlik mavzusidagi N.Davqarayevning – „Alpomish“, J.Aymurzayevning – „Leytenant Elmuratov“, K.Simonovning – „Rus odamlari“, S.Abdullaning – „Qurban Umarov“ pyesalarin sahnalashtirib xalqimizning jangovorlik ruhini jonlantirdi

1957-yili Toshkentda Qoraqalpoq madaniyati va adabiyoti kunlarining oʻtishi munosabati bilan teatr „Gʻarib oshiq“, „Suymaganga suykanma“, „Ravshan“, „Kambagʻallik ayb emas“ klassik va zamanoviy mavzudagi spektakllarni paytaxt tamoshabinlariga havola qildilar.

1960-70-yillari jahon dramaturglari durdonalarini va qoʻshni xalqlar klassik asarlari – V.Shekspirning „Otello“, Molerning „Tartyuf“, Goldoning „Ikki boyga bir malay“, Gogolning „Revizor“, Ch. Aytmatovning „Ona yer-ona“, M.Karimning „Oy tutilgan tunda“, A.Abdullinning „13-reys“, A.Qahhorning „Tobutdan tovush“, G.Gorinning „Ot uchsin“, S.Balgabayevning „Bizlar ham oshiq boʻlgandik“, T.Minullinning „Azroylni aldagan odam“, Iosalinning „Aravang ogʻdarilmasin“, Sagarellinning „Xanuma“ kabi asarlarni sahnalashtiriladi[5].

Mustaqillik gʻoyalari bilan sugʻarilgan yangi zamon qaharmoni, tarixiy shaxslarimiz siymosi, mehir-muruvvat mavzusi, Vatanga boʻlgan muhabbat va boshka shu kabi mavzularda asarlar oʻrin olgan. Shunday asarlardan S.Xoʻjaniyozovning „Adolatga hiyonat“, „Suymaganga suykanma“, K.Rahmanovning „Kelin“, „Oʻlim jazosi“, K.Matmuratovning „Kechikkan muhabbat“, O.Abdurahmanovning „Oʻjarlar“, A.Qahhorning „Tobuttan tovush“, Oʻ.Hoshimovning „Uylanmasam oʻlaman“, N.Jakiyevning „Ota taqdiri“, S.Balgʻabayevning „Eng suluv kelinchak“, A.Uteniyazovaning „Qizng or-nomusi“, K.Bayseytov va K.Shangitbayevlarning „Uch buydoq“, P.Aytmuratovning „Intilganga tole yor“, P.Uteniyazov va S.Uzaqbayevlarning „Farzandim jigar-bandim“, H.Muhammadning „Hunar oʻrgangan bola“, Q.Narqabilning „Nur soyada qolmaydi“ va boshqa asarlar teatr repertuaridan oʻrin olgan.

Teatrning oʻzining klassikaga aylangan asarlari mavjud boʻlib, ular bir necha marotaba qayta-qayta saxnalashtirilmoqda. Ulardan J.Aymurzayevning „Berdaq“ musiqali dramasi (1951, 1958, 1976 yillari), N.Davkarayevning „Alpomish“ musiqali dramasi (1942, 1961, 2007 yillari), A.Begimov, T.Allanazarovlarning „Gʻarib ochiq“ musiqali dramasi (1956, 1972, 1992 yillari), S.Xujaniyozovning „Suymaganga suykanma“ musiqali komediyasi (1945, 1955, 1972, 1978, 2002, 2008 yillari), N.Muxammeddinovning „Ajiniyoz“ operalarini (1987, 1994, 2014 yillari) aytish mumkin[6].

  1. Баяндиев Т. Қорақалпоқ театр тарихи. Т.: 2011. 
  2. „BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT AKADEMIK MUSIQALI TEATRI“. 2022-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-sentyabr.
  3. „Berdaq nomidagi teatrga akademik teatr maqomi berildi“ (2017-yil 6-mart).
  4. 1926-2022 жылларда сахналастырылған спектакльлер. Qaraldi: https://berdax-teatr.uz/446-1926-2021-zhyllarda-sahnalastyrylan-spektakller.html.
  5. „Сейтназарова Т. БЕРДАҚ НОМИДАГИ ҚОРАҚАЛПОҚ ДАВЛАТ АКАДЕМИК МУСИҚАЛИ ТЕАТРИНИНГ КЕЧА ВА БУГУНИ“. RESEARCH AND EDUCATION. January, 2023. 240–246-bet. Qaraldi: 12.09.2023. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |access-date=, |date= va |archive-date= (yordam)
  6. „Театр тарийхи ҳақида маълумот“ (2020-yil 9-oktyabr). 2023-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-sentyabr.