Kontent qismiga oʻtish

Qoraqalpoq xalq qoʻshiqlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoraqalpoq folklorida qoʻshiqlar oʻz ichiga katta bir janrni qamrab oladi. Qoʻshiqlar tematikasi boʻyicha har xil boʻlib, qoraqalpoq xalqining hayotida katta oʻrin tutgan. Ular odam bolasining tugʻilgandan boshlab umrining oxirigacha hayoti va hissiyotlari bilan mustahkam bogʻlanib kelgan.

Folklordagi qoʻshiqlar bilan yozma adabiyotdagi qoʻshiqlarning oʻzaro aloqasi boʻlgani bilan ularni bir-biridan ajratib turadigan xususiyatlari bor. Folklordagi qoʻshiqlarning asosiy xususiyatlari koʻpincha xalq ogʻzaki ijodida avloddan avlodga oʻtib kelgan, xalqning kun koʻrishi, urf-odat va dasturlari bilan uzviy bogʻliq ogʻzaki ijro sanaladi.

Baʼzi bir hollarda yozma kitobiy dostondagi ashulalar, xalq orasiga keng tarqalib, aholi oldida aytilib yurgan ijodkori maʼlum qoʻshiqlar ham xalq ogʻzaki qoʻshiqlariga aylanib ketishi mumkin. Masalan: „Bozatov“, „Oqsungul“, „ Ayjamol“ kabi ashulalar shunga misol boʻla oladi. Shunday qilib umuman xalq qoʻshiqlari deganda ijodkori unutilib ketgan, muhabbatga, mehnatga aloqador ashulalarni, ayrim tarixiy voqeaga aloqador ashulalarni, pand-nasihat, termalarni, beshik kuyi, bolalar ashulalarini, hawjarni, bet ocharlarni, yoʻqlovlarni tushunamiz. Xalq qoʻshiqlariga xalqning ogʻzaki va yozma ijodkori nomaʼlum dostonlardagi qoʻshiqlar yaxliti bilan kiradi. Masalan: „Alpomish“ yoki „G'arib oshiq“ va boshqa dostonlardagi ashulalar shular qatoriga kiradi. Xalq qoʻshiqlari mazmuni va shakli, koʻrkamliligi va oddiyligi bilan ajralib turadi. Xalq qoʻshiqlarining oʻziga xos haqiqiylikni tasvirlash usuli bor. Masalan, bu ashuladan shuni aniqlaymiz:

Tong sahardan mol haydadim padaga,

Dasta-dasta gul tashladim dalaga

Aytib boring bizning yorga yangajon

Otin tashlab oʻzi kelsin shaharga

– bunday shakl xalq qoʻshiqlarida koʻplab uchraydi, shunaqa tasvirlash usullari qoraqalpoqlarga xos. Qoraqalpoq xalq qoʻshiqlarini yigʻish 30-yillardan boshlab qoʻlga olingan. 1940-yili O.Kojurov tarafidan nashrga tayyorlangan „Qoraqalpoq xalq tvorchestvosi“ nomli toʻplamida qoraqalpoq xalq qoʻshiqlaridan namunalar bosilib chiqdi. 1951-yili N.A.Baskakov I jildida Qoraqalpoq xalq qoʻshiqlarining koʻp namunalariga xalq orasidan 20-30-40-yillarda yigʻgan materiallarini kiritgan. 50-yillarning boshida qoraqalpoq xalq qoʻshiqlarini tadqiqotlash boʻyicha yangi davr boshlandi. Bu uch tomdan iborat „Qoraqalpoq adabiyoti tarixining ocherklari“ nomli N.Dovqaraevning doktorlik dissertatsiyasi boʻldi. Bu ishning birinchi tomi butunligicha qoraqalpoq xalq ogʻzaki ijodiyotidan olingan edi. N.Dovqaraevning bu mehnatining 1-2-tomlarining qisqacha varianti 1959-yili qoraqalpoq tilida Toshkentda bosildi. N.Dovqaraev asarining toʻliq yigʻilgan tomida 1977-yili qoraqalpoq xalq ogʻzaki ijodiyotiga bagʻishlangan ishi qoraqalpoq tilida bosilib chiqdi.

1959-yili Fanlar Akademiyasining tarkibida Qoraqalpogʻiston filialining tuzilishi, uning tarkibida tarix, til va adabiyot institutining tashkillashtirilishi, uning ichida qoraqalpoq folklori sektorining paydo boʻlishi 50-yilning oxiri 60-yilning boshidan boshlab qoraqalpoq folklorini yigʻish, nashr qilish, tadqiqotlash, folklor ilmi sohasida yuqori momonlikdagi mutaxassislarni tayyorlashda yangi davr ochib berdi. Folklorning boshqa janrlar bilan bir qatorda xalq qoʻshiqlarini yigʻish masalasi qattiq qoʻlga olindi. Q.Maqsetov boshchiligidagi Qoraqalpoq folklori sektorining xizmatkorlari Q.Mambetnazarov, N.Kamalov, M.Nizomatdinov, T.Niyatullaev, Oʻ.Erpoʻlatov, Aʼ.Tadjimuratov v.b. folklor namunalarini Qoraqolpog'iston tumanlarida va undan boshqa yerlarda 1959-yildan boshlab yigʻishga kirishgan.

Folklor sektorining xizmatkorlariga shu vaqtning oʻzida mashhur mavzular ustida ish olib borish, kelajakda nomzodlik dissertatsiya qilib yoqlash topshirildi. Qoʻshiqlar mavzusi ustida Aʼ.Tadjimuratov, N.Kamalov, M.Nizomatdinov urishdan keyingi davrdagi poeziyani, Oʻ.Erpoʻlatov urishdan oldingi poeziyani mavzu etib oldi.

Qoraqolpoq xalq qoʻshiqlarini Aʼ.Tadjimuratov dastur qoʻshiqlaridan boʻlib olib quyidagicha turlarga ajratadi:

  1. Mehnat qoʻshiqlari
  2. Muhabbat qoʻshiqlari
  3. Din egalarin ochkoralovchi qoʻshiqlar
  4. Bolalar qoʻshiqlari
  5. Termalar
  6. Toʻlgʻovlar
  7. Tarixiy qoʻshiqlar Aʼ. Tadjimuratov dastur qoʻshiqlarini quyidagicha boʻladi: 1. Toʻy qoʻshiqlari – Toʻy boshlar – Aytishlar – Bet ochar 2. Mung-sher qoʻshiqlar – Yoʻqlash – Singsuv – Hawjar 3. Aytimlar 4. Beshik yiri 5. Aytishlar Yuqoridagi turmush dastur qoʻshiqlarining boʻlinishida ham ayirim aniqsizliklar bor ekanini aytish lozim. Masalan aytishlar qanday boʻlsa shunday oʻz oldiga bir janr. Hozirgi vaqtda aytishga javob aytish, shoirlar aytishi, chechanlik aytish kiritilib oʻz oldiga janr sifatida oʻrganilmoqda. Shuning bilan birga aytishlar ham (badik, gulapsan, zikir solish, yaramazon, fotiha) dastur qoʻshiqlardan boʻlingan holda oʻrgatilmoqda.