Qoraqozonlar
Qiyofa
Qoraqozonlar — Toshkent qokimi Yunusxoʻja davri (18-asrning oxiri — 19-asr boshi)da qoʻshin nomi. Yunusxoʻja 6 ming kishidan iborat qoʻshin tuzib, askarlarni pilta miltiq, qilich, nay-za, qalqon bilan qurollantirgan. Bu qoʻshin "qora qozon" deb atalib, unda, asosan. turli shaharlardan kelgan musofir kishilar va asirlar xizmat qilgan. Yunusxoʻja urush vaqtida oʻtroq va koʻchmanchi aholidan 50—60 ming askar toʻplay olgan. Qoʻshin turli rangdagi bayroqtar, nogʻora. karnay va surnaylar bilan taʼminlangan. Urush borishiga qarab. har bir xonadondan bir-ikki kishi qoʻshinga jalb etilgan. Q. soliqlarlan ozod qilingan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |