Qoratol (piyoz)
Qiyofa
Qoratol — oʻrta ertapishar piyoz navi. Qozogʻiston dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutining Qoratol tajriba st-yasida Jonson navidan yakka tanlash usulida chiqarilgan (A.I.Xvan, S.U.Kim-Xvan). Piyozboshi yumaloq, baʼzan eti yarim tigʻiz, taʼmi yarim achchiq. Piyozi niholi unib chiqqanidan keyin 112 kunda, iyul oxirida pishib yetiladi. Hosildorligi 300—310 s/ga. Yaxshi saqlanadi, konserva sanoatida qayta ishlashga yarokli. 1967-yildan davlat reyestriga kiritilgan. Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida ekiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |