Kontent qismiga oʻtish

Qorong‘ilik qutblari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Limitless
Rejissyor(lar) Neil Burger
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar) Leslie Dixon
Qaysi asarga
asoslangan
The Dark Fields
Alan Glynn
Rollarda
Bastakor(lar) Paul Leonard-Morgan
Kinematografiya Jo Willems
Muharrir(lar)
Studiya(lar)
Distribyutor
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 105 minut
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $27 million[2]
Daromadi $161.8 million[3]

Qorong‘ilik qutblari (inglizcha: Limitless, tarjimasi – cheksizlik) – Alan Glynn qalamiga mansub roman asosida suratga olingan film. 2011-yilning 8-mart kuni xalqaro premyerasi boʻldi. Film inson miyasining yuz foizi ishlashi mumkinligi haqidagi fantastikaga asoslanadi.

Eddie Morra – Nyu-York shahrida yashaydigan omadsiz yozuvchi. Sevgilisi Lindie uni omadsizligi va yomon hayot tarzi tufayli tashlab ketgan. Bir kuni Eddie oʻzining sobiq rafiqasi Melissaning ukasi Vernon Gant bilan tasodifan uchrashib qoladi. Vernon unga NZT-48 nomli yangi nootrop dori namunasini beradi. Vernon Eddiega „muammolari“ni shu dori bilan hal qilishi mumkinligini aytadi. Eddie dorini ichadi va uning vositasida mukammal xotiraga va cheksiz qobiliyatlarga ega boʻlish mumkin ekanligini, tafsilotlar va maʼlumotlarni aql bovar qilmaydigan tezlikda tahlil qila olishini anglaydi. Dori kuchga kirgach, Eddie oʻzi yashaydigan uy egasining xotiniga uy vazifasini bajarishda yordam beradi. Xonasini tartibga keltiradi va ulkan ilhom bilan kitob yoza boshlaydi.

Koʻp oʻtmay, Vernon dorilarni qidirayotgan nomaʼlum kishi tomonidan oʻldiriladi. Eddie Vernonning dorilardan iborat berkitilgan toʻplamini va bir qancha pullarini topib oladi. Hayoti yaxshilanar ekan, u fond bozoriga sarmoya kiritishga qaror qiladi. Rus gangsteri va noqonuniy ishlaydigan kreditordan qarz oladi. U brokerlik firmasiga ishga olinadi. Lindie bilan munosabatlarini tiklaydi. Muvaffaqiyati moliya magnati Carl Van Loon bilan uchrashadi. Carl uni Hank Atvud kompaniyasi bilan birlashish boʻyicha maslahat soʻrab sinovdan oʻtkazadi. Uchrashuvdan soʻng Eddie 18 soatlik xotirasini yoʻqotadi, u buni „vaqtni oʻtkazib yuborish“ deb ataydi. Ertasi kuni Van Loon bilan uchrashuv paytida Eddie mehmonxonada bir ayol oʻldirilgani haqidagi telekoʻrsatuvni koʻrib qoladi. Eddie uni oʻzi bilan birga boʻlgan ayol sifatida eslaydi va uchrashuvni toʻsatdan tark etadi.

Eddie NZT-48 dorisini qabul qilgan har bir kishi kasalxonaga yotqizilgan yoki oʻlganini tushunadi. Bu orada palto kiygan nomaʼlum odam uning orqasidan kuzatib yurganini biladi. Lindie Eddieni dori qabul qilayotganini biladi va dori ichishni tashamasa, u bilan birga boʻlolmasligini aytadi. Eddi NZT-48 bilan tajriba oʻtkazdiradi va nojoʻya taʼsirlarning oldini olish uchun uning dozasini kamaytirishga erishiladi. Oʻzining uyqu jadvalini va oziq-ovqat isteʼmolini tartibga keltirishni oʻrganadi. U NZT-48 dorilarni ishlab chiqarish uchun laboratoriya ochadi. Oʻziga tahdid qilayotgan noqonuniy kreditor va tovlamachi Gennadiydan himoyalanish uchun ikkita tansoqchi, shuningdek politsiya bilan muammolarini hal qilish uchun advokat yollaydi.

Hank Atvud komaga tushadi. Eddie Atvudning haydovchisini oʻzini taʼqib qilayotgan palto kiygan odam sifatida taniydi va Atvud NZT-48 dorisini qabul qilayotganini tushunadi. Eddie politsiya koʻrigida qatnashayotganda, uning advokati Eddiening kostyumidagi maxsus choʻntagidan dorilarni oʻgʻirlaydi. Van Loon Eddiedan Atvudning komaga tushgani sababini soʻrayotgan bir paytda, Eddi posilka oladi, unda oʻz qoʻriqchilarining chopilgan qoʻllari bor edi. Gennadiy Eddiening uyiga bostirib kirib, koʻproq NZT-48 berishini talab qiladi. Gennadiy NZT-48 dorisini inyeksiya yoʻli bilan qonga singitib, toʻgʻridan-toʻgʻri organizmga kiritish orqali taʼsiri uzoqroq davom etishi mumkinligini namoyishkorona tushuntiradi. Eddie Gennadiyni oʻldiradi va NZT-48 taʼsirini qoniga singitish uchun Gennadiyning qonini ichadi. Eddie yana bir bor dori tufayli cheksiz aqliy qobiliyatini tiklaydi. Keyinroq oʻzini taʼqib qilgan odam bilan uchrashib, vaziyatni tushuntiradi. Atvud vafot etgandan soʻng, ikkalasi Eddieni dorilarini oʻgʻirlagan advokatining kvartirasini tintib, dorilarni qaytarib olishadi.

Bir yil oʻtgach, Eddie kitob nashr etadi va Qoʻshma Shtatlar Senati aʼzoligiga oʻz nomzodini qoʻyadi. Bir kun kelib Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti boʻlishni niyat qiladi. Van Loon uning ofisiga tashrif buyuradi. NZT-48 ishlab chiqaradigan kompaniyani sotib olganini, Eddiening laboratoriyasi yopib qoʻyilganini, shuning uchun Van Loon Eddiega dorilarni doimiy ravishda yetkazib berishi mumkinligini, uning siyosiy tayanchiga aylanishini taklif qiladi. Eddie Van Loonga dorini allaqachon mukammallashtirganini va dori qabul qilishni toʻxtatganini, nojoʻya taʼsirlarsiz qobiliyatini saqlab qolganligini aytadi. Van Loon qaytib ketadi.

Eddie Lindie bilan tushlik qilgani boradi. Eddie ofitsiant bilan xitoy tilida ravon gaplashgandan soʻng, Lindi Eddiga shubha bilan qaraydi.

  1. Hazelton, John „Limitless“. Screen International (2011-yil 15-mart).
  2. Kaufman, Amy. „Movie Projector: Matthew McConaughey, Bradley Cooper and an alien battle for No. 1“. Los Angeles Times (2011-yil 17-mart).
  3. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named bom