Kontent qismiga oʻtish

Qorovulbozor tongi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qorovulbozor tongi
Formati Haftalik
Asos solingan 1993-yil
Bosh muharrir Bahrom Soliyev
Tili oʻzbekcha
Bosh ofisi Navoiy ko'chasi, 1-uy
Adadi 400

Qorovulbozor tongi — Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotini aks ettiruvchi haftalik gazeta. Qorovulbozor tumani tashkil etilgan paytdayoq tuman gazetasini tashkil etish fikri ilgari surilgan. Unga nom tanlashda ham bir qancha fikr mulohazalar berilgan va Qorovulbozor tongi nomi tanlangan. Gazeta 1993-yildan beri nashr etiladi. Gazetaning birinchi muharriri hamda tashkilotchisi shoir va jurnalist Sulaymon Shodiyev boʻlgan. Gazeta taʼsis etilgan dastlabki paytlarda oyiga uch marta bosmadan chiqqan. Keyinroq har hafta nashr qilinadigan boʻldi. 1993-yilda gazetaning adadi nusxasi 350 nusxa boʻlgan. 2013-yilda 2130 taga yetgan. 2013-yilda Qorovulbozor tongi gazetasi oʻzining 20 yilligini nishonladi. Shu yili gazetaning chop etilgan sonlari mingdan oshdi. 2011-yil 7-iyundan boshlab 2023-yilga qadar roʻznomaning 9003 ta soni nashr etilgan. Qorovulbozor tongi gazetasi Buxoro viloyat bosmaxonasida chop etilgach, obunachilarga yetkaziladi. 1996-yildan beri Qorovulbozor tongi gazetasining bosh muharriri — Bahrom Soliyev[1]. Gazetaning bosh offisi Qorovulbozor tumani, Navoiy koʻchasi, 1-uy. „Buxoroneftgazparmalash“ hissadorlik jamiyati binosi 3-qavat.

2020-yilning 15-martidan Covid 19 Oʻzbekistonda aniqlangach, mamlakat bilan karantin boshlangan edi. Muharrir Bahrom Soliyev tomonidan 2020-yil 28-mart kunidagi gazetaning maxsus soni 3000 nusxada (8 sahifadan iborat) chop etilgan va tumandagi mavjud yettita mahalla fuqarolar yigʻinlarida yashovchi aholiga hamda korxona-tashkilotlarga bepul tarqatilgan[2].

Qorovulbozor tongi gazetasi Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi viloyat boshqarmasidan 2011-yil 22-avgustdagi № 05-048 raqam bilan qayta roʻyxatga olingan. Muassis: Xalq deputatlari Qorovulbozor kengashi va tuman hokimligi. Gazeta oyida toʻrt marta chop etiladi.

  1. B. Soliyev. Qorovulbozor tumani: o'tmish, bugun va kelajak chorrahasida. Toshkent: Tafakkur, 2013 — 242-bet. ISBN 978-9943-24-046-9.. 
  2. „El boshiga ish tushganda“. Qaraldi: 29-iyul 2023-yil.