Qorovultepa suv ombori
Qiyofa
Qorovultepa suv ombori - Jizzax viloyatidagi suv ombori. Zarafshon daryosidan Eski Tuyatortar kanali orqali kech kuz-qish mavsumida toʻldiriladi. Kanal oʻzaniga yaqin tabiiy botiqda qurilgan. 1987-yilda foydalanishga topshirilgan. Toʻliq hajmi 53,0 mln. m3 toʻgʻonining maksimal balandligi 40 m, maksimal suv oʻtkazish imkoniyati 50 m3/sek. Suvidan Gʻallaorol tumanidagi yerlarni sugʻorishda, Sangzor daryosiga suv tashlashda foydalaniladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |