Kontent qismiga oʻtish

Qosim Mirzarahimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mirzarahimov Qosim (1925.16.5, Chimkent — 2000.26.6, Toshkent) — haykaltarosh, Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi akademik (1997), Oʻzbekiston xalqrassomi (1996). Respublika rassomlik bilim yurtini haykaltaroshlik boʻlimi (F. Grishchen-ko sinfi)ni tugatgan (1964). Yoshligida baxtsiz hodisa tufayli 1947-yildan I guruh nogironi. Davolanish uchun Toshkentga olib kelingan. Nogironlik kasali ogʻirlashib toʻshakda yotgan holda faqat bitta chap qoʻli bilan moʻʼjaz va dastgohli plastika, haykallar yaratishda davom etadi. M. asarlarining asosiy mavzusini zamondoshlar siymosini ifoda etuvchi psixologik portretlar turkumi tashkil etadi: "General Sobir Rahimov", "Fransua Mitteran", "Qiz portreta", "Avtoportret", "Gimnastikachi qiz", "Turgʻut Ozal", "Bill Klinton", "Yoshlik", "Alisher Navoiy", "Shoira Zulfiya", "Onam", "Ular tinchlik’ istaydi" (chinni, 1989) va boshqa Butun hayoti va ijodi matonat ramzi boʻlgan haykaltarosh merosi yoshlarga oʻrnak si-fatida katta ahamiyatga ega. "Oʻzbektelefilm"da M. ga bagʻishlangan hujjatli film yaratilgan. 1965-yildan shaxsiy koʻrgazmalari uyushtirilgan. Asarlari respublika va xorijiy mamlakatlar muzeylarida saqlanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil