Kontent qismiga oʻtish

Qosim Sorokin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qosim Sorokin
Tavalludi 1899-yil
Ulyanovsk guberniyasi
Vafoti 1938-yil 4-oktyabr
Toshkent
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Faoliyat yillari 19181938

Qosim Sorokin (1899—1938) — oʻqituvchi, davlat va siyosat arbobi. OʻzSSR xalq maorifi komissari Millati — tatar. Otasi ishchi boʻlgan. Oʻzi O‘qituvchi. 1919-yildan VKP(b) aʼzosi, 1929-yildan kasaba ittifoqi aʼzosi. Maʼlumoti o‘rta, o‘zbek, rus tillarini biladi.

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qosim Sorokin 1899-yili dekabrida Ulyanovsk guberniyasida tug‘ilgan. 1921-yilda Sharqshunoslik institutida 1 yil o‘qigan. 1931—1933-yillari marksizm-leninizm kursida o‘qigan. 1913—1917-yillarda taʼtil vaqtlarida omborxonalarda, idorada ishlagan. 1918-yil o‘zbek sovet boshlang‘ich maktabda o‘qituvchi, 1918—1920-yillarda Farg‘ona viloyat xalq maorifi bo‘limida yo‘riqchi. Viloyat musulmonlar byurosi targ‘ibot-tashviqot bo‘limi mudiri, „Yangi sharq“ gazetasida, viloyat siyosiy bo‘limida axborot bo‘limi boshlig‘i, uyezd-shahar partiya komitetida targ‘ibot-tashviqot bo‘lim mudiri vazifalarida ishlagan. 1921-yilda Qo‘qonda chiqayotgan „Mehnat bayrog‘i“ gazetasi mas’ul muharriri bo‘lib xizmat qilgan. 1922—1929-yillarda Toshkentda „Turk ROSTA“da tashkilotchi, „Qizil bayroq“ gazetasida va qator nashrlarda muharrirlik qilgan. 1923—1924-yillarda „Ozod Buxoro“ gazetasida mas’ul muharrir boʻlgan. 1924—1926-yillarda Moskvada VKP(b) Markaziy Komiteti matbuot bo‘limi yo‘riqchisi vazifasida ishlagan[1].

1926—1929-yillarda Samarqandda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetida matbuot bo‘limi mudiri o‘rinbosari, 1927—1929-yillarda „Qizil O‘zbekiston“ gazetasida mas’ul muharrir boʻlgan. 1930—1931-yillarda O‘zKompartiya Markaziy komiteti matbuot sektori mudiri vazifasida ishlagan.

O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti byurosi 1936-yil 13-iyunda Qosim Sorokinni OʻzSSR xalq maorifi komissari qilib tayinlaydi. Uning bu lavozimga loyiqligini partiya va hukumat rahbarlari F.Xoʻjayev, D.Rizayev, A.Ikromov, A.Karimov, Sharipovlar oʻz soʻzlarida taʼkidlaganlar[2].

Toshkentga kelgan SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasining 1938-yil 4-oktyabrdagi sayyor yigʻilishida Qosim Sorokin oliy jazoga hum etilgan, hukm oʻsha kuni ijro etilgan. KPSSning XX syezdidan soʻng reabilitatsiya qilingan, partiyaviy staji tiklangan.

  1. Ирзаев Б. Қосим Сорокин – ҳам нозир, ҳам қаламкаш // “Қатағон қурбонлари ва уларнинг адабий-бадиий ҳамда публицистик мероси”. Илмий мақолалар тўплами. Тошкент, 2015 — 82-bet. 
  2. Rustambek Shamsiddinov. Oʻzbekistonda sovetlarning qatagʻon siyosati va uning oqibatlari. 1-kitob. Toshkent, „Sharq“ 2012 — 65-bet. ISBN 9789943004818.