Qovurilgan oʻrgimchak
Qiyofa
Qovurilgan oʻrgimchaklar Kambodjaning ayrim yerlarida mashhur boʻlgan yegulikdir. Poytaxt Pnompenda koʻp sotilmasa-da, mamlakatning boshqa shaharlarida kundalik taom sifatida yeyiladi.[1] Yirik oʻrgimchaklar oʻrmonlarda ovlanib, yogʻda qovuriladi. Bu anʼana qachon boshlangani nomaʼlum, bir taxminga koʻra Qizil Khmerlar hukmronligi paytidagi ocharchilik tufayli shunday ozuqa isteʼmol qilinishi boshlangan, deyiladi.[2]
Bunda asosan katta tarantulalar pishiriladi, bir porsiyasi 300 riel (~150 soʻm) turadi.[3] Tayyorlangan oʻrgimchaklarga sarimsoq, tuz, qayla qoʻshiladi. Mazasi "tovuq va baliqqa oʻxshaydi, " deb taʼriflangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Eating spiders in Skuon, Cambodia
- ↑ Ray, Nick (2002), Lonely Planet Cambodia, Lonely Planet Publications, ISBN 1-74059-111-9. p. 308.
- ↑ ABC News Online (2-sentabr, 2002). "Spiderwomen serve up Cambodiaʼs creepy caviar (Wayback Machine saytida 2008-06-03 sanasida arxivlangan).
Wikimedia Commonsda Qovurilgan oʻrgimchaklar mavzusiga oid fayllar bor. |