Kontent qismiga oʻtish

Qozogʻistonda ateizm

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Qozogʻistonda ateizm — oʻzini bironta dinga mansub emas deb biladigan qozoq fuqarolari va norasmiy birlashmalar toʻplami. Mamlakat Konstitutsiyasiga koʻra, Qozogʻiston dunyoviy davlat boʻlib, din davlatdan ajratilgan. 2021-yilgi soʻrovlarga koʻra, mamlakatdagi ateistlar 2.25%ni tashkil etadi[1].

Hozirgi holat

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ateistlarning tumanlardagi ulushi

Doniyor Nauryzning soʻzlariga koʻra, axborot nuqtai nazaridan ateizm mavzusiga taqiq joriy qilingan[2]. Shuningdek, Ridderlik jurnalist va huquq himoyachisi Aleksandr Xarlamov dinlararo adovatni qoʻzgʻaganligi uchun hibsga olingan. U nasroniylik va turli diniy oqimlar haqidagi nashrlarida ateizmni targʻib qilish va shu orqali dindorlarning dindan qaytarishda ayblanmoqgan[3][4][5]. Parlament Majlisi deputati Jumatay Aliyev ateizmni dinshunoslik bilan bir qatorda oʻqitishni taklif qilgan. Qozogʻistondagi siyosiy partiyalardan parlamentda vakili boʻlgan Qozogʻiston Kommunistik Xalq partiyasi ateizm va ateistik targʻibot pozitsiyasini egallaydi. Uning dasturida shunday deyilgan: „Kommunistlar vijdon erkinligi, har qanday dinga eʼtiqod qilish yoki eʼtiqod qilmaslik huquqini tan olish, cherkov va masjidlarni davlatdan, maktablarni cherkov va masjidlardan ajratish tarafdori“. Shu bilan birga, kommunistlar dindorlarning huquqlarini har qanday shaklda haqorat qilish va kamsitilishidan qochib, keng ateistik targʻibot olib boradilar[6].

Ateistlar soni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amerikaning Gallup tashkiloti tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, Qozog'iston aholisining dindorlik darajasi (43%) mintaqadagi eng past koʻrsatkichdir. Qozogʻiston bu koʻrsatkich boʻyicha tuzilgan reytingda Sloveniya va Shveysariya oʻrtasida joylashgan[7]. Din ishlari va fuqarolik jamiyati vaziri Darxon Kaletayevning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda qozogʻistonliklarning 14 foizdan ortigʻi oʻzini ateist yoki agnostik deb biladi.

Qozogʻiston aholisining diniy mansubligi
(2020[8])
Diniy mansublik Aholi Foiz (%)
Islom 12,870,000 70.19
Xristianlik 4,130,000 26.17
Yahudiylik < 10,000 0.03
Buddizm 60,000 0.09
Boshqa dinlar 90,000 0.19
Dinsizlar 720,000 2.81
Javob bermaganlar < 10,000 0.51
Umumiy 17,880,000 100.00
  1. „How the Number of Believers Changed in Kazakhstan“. https://cabar.asia. CABAR Asia. Qaraldi: 27.05,2029.
  2. „Данияр Наурыз: «В информационном отношении фактически наложен запрет на тему атеизма» / Видео / Интернет-газета. Казахстан“ (oʻlik havola — tarix ). Qaraldi: 2013-yil 11-fevral.
  3. „Социалистическое движение Казахстана » Александр Харламов арестован за пропаганду атеизма!“. 2013-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-mart.
  4. „Правозащитник обвиняется в пропаганде атеизма, говорит адвокат“. 2013-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-mart.
  5. „Казахстан: правозащитник Александр Харламов арестован за пропаганду атеизма - Портал-Credo.Ru“. 2013-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-mart.
  6. „Коммунистическая народная партия Казахстана (КНПК). Программа“ (deadlink). 2016-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-mart.
  7. „In More Religious Countries, Lower Suicide Rates. Gallup Polls from 2005 and 2006“ (2008-yil 3-iyul). 2013-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „Religious Composition by Country, 2010-2050“. www.pewforum.org (2015-yil 2-aprel). 2019-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-oktyabr.