Kontent qismiga oʻtish

Qozon davlat agrar universiteti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qozon davlat agrar universiteti
Turi universitet
Asos solingan sanasi 1922-yil 22-may
Rektori Valiyev A.R
Manzili
elektron pochta (email): info@kazgau.ru
,
Qozon
,
Rossiya
Kampusi zamonaviy
Veb-sayti http://www.kazgau.ru/

Qozon davlat agrar universiteti— Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasi markazi Qozon shahrida joylashgan Rossiya Federatsiyasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimidagi oliy oʻquv yurti hisoblanadi. Bu universitet Tatariston Respublikasining agranomiya sohasiga yetuk mutaxassislarni yetkazib beradi.

Qozon davlat agrar universiteti dastlab ikki taʼlim muassasasining bir-biriga qoʻshilishidan hosil boʻlgan. 1922-yil 22-mayda Politexnika instituti qishloq xoʻjaligi fakulteti va Qozon universitetining oʻrmon fakulteti birlashmasi asosida Qozon qishloq va oʻrmon xoʻjaligi instituti tashkil etildi. Oʻtgan yillar davomida institut tuzilmasi bir necha bor oʻzgartirildi. Turli davrlarda zootexnika, meva-sabzavot, agro-oʻrmonchilik fakultetlarida mashgʻulotlar olib borilgan[1].

Mashhur bitiruvchilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Tolskiy Andrey Petrovovich — Rossiyaning Sovet davridagi oʻrmon xoʻjaligi olimi, nazariyotchisi, Rossiyaning qurgʻoq hududlarida oʻrmonlarni tiklashning tarafdorlaridan, oʻrmon madaniyati va meteorologiya mutaxassisi boʻlgan. Oʻqituvchi, professor. Mari ASSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi.
  1. „История Казанского государственного аграрного университета“ (deadlink). Официальный сайт Казанского государственного аграрного университета. 2018-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-may.