Kontent qismiga oʻtish

Qubchur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qubchur — uy hayvonlari uchun olingan soliq turi. 1235-yil Oʻqtoy qoon tomonidan joriy qilingan. Q.ga binoan 100 bosh jonivordan biri saltanatga soliq tarzida topshirilgan. Kimning uy hayvonlari soni yuzdan kam boʻlsa, u Q.ga tortilmagan. Dastlab Q, asosan, chorvadorlarga nisbatan qoʻllangan. Keyinchalik u oʻtroq aholidan ham undi-rilgan. Kichik Osiyoda q. faqat chorvachilik bilan mashgʻul aholi qatlamidan olingan. Elxoniylar davlatida chorva-dorlar ham, dehqonlar ham Q.ga tortilgan. q. arablar tomonidan joriy etilgan xirojga muvofiq kelgan. Elxoniylar saltanatida moʻgʻullar va koʻchmanchi aholi koʻp istiqomat qiladigan oʻrinlarda Q va qad. soliqturlari mustahkam mavqega ega boʻlgan hududlarda xiroj atamasi isteʼmolda boʻlgan. Oltin Oʻrda va Oʻrta Osiyo xonliklarida 100 bosh jonivordan 1% miqdorda davlat hisobiga olinadigan soliq q. istilohi bilan yuritilgan.