Kontent qismiga oʻtish

Qudratulla Azizov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qudratulla Xusanovich Azizov
Tavalludi 23-may 1948-yil (1948-05-23) (76 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi aloqa yoʻllari muhandisi
Sohasi avtomobil yoʻllarini qurish va ekspluatasiya qilish
Taʼlimi Toshkent politexnika instituti
Ilmiy darajasi texnika fanlari nomzodi
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Qudratulla Xusanovich Azizov (1948-yil 23-may, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari nomzodi, professor.

Qudratulla Azizov 1948-yil 23-mayda Toshkent shahrida ishchi oilasida tugʻilgan[1]. 1967—1972-yillarda Toshkent politexnika institutida tahsil olgan. Mutaxassisligi aloqa yoʻllari muhandisi. 1972—1978-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti yoʻllarni qidirish va loyihalash kafedrasi assistenti, aspiranti, 1978—1982-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti yoʻllarni qidirish va loyihalash kafedrasi assistenti, katta oʻqituvchisi, 1978—1982-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti yoʻl qurilish fakulteti dekan oʻrinbosari, 1982—1988-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti yoʻllarda harakatni tashkil etish kafedrasi dotsenti, 1988—1994-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti yoʻllarni qidirish va loyihalash kafedrasi mudiri, 1994—1995-yillarda Moskva avtomobil-yoʻllar instituti yoʻllarni qidirish va loyihalash kafedrasi katta ilmiy xodimi, 1995—2000-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti yoʻlovchilar tashish va yoʻl harakatini tashkil etish kafedrasi dotsenti, 2000—2013-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti harakat xavfsizligini tashkil etish kafedrasi mudiri, dotsenti, professori, 2014-2016-yillarda Toshkent avtomobil-yoʻllar instituti avtomobil yoʻllari va aerodromlarni qurish, ekspluatasiya qilish kafedrasi professori, 2016—2017-yillarda Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatasiyasi instituti avtomobil yoʻllari va aerodromlarni qurish, ekspluatasiya qilish kafedrasi professori, 2017—2020-yillarda Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatasiyasi instituti avtomobil yoʻllarini qurish va ekspluatasiya qilish kafedrasi professori, 2020—2021-yillarda Toshkent davlat transport universiteti yoʻl muhandisligi kafedrasi professori vazifasida faoliyat yuritgan. 2021-yildan Toshkent davlat transport universiteti avtomobil yoʻllarini qurish va ekspluatasiya qilish kafedrasi professori[1][2].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qudratulla Azizov 12 ta darslik, 3 ta monografiya, 12 ta oʻquv qoʻllanma, 100 ta uslubiy qoʻllanma, 300 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi[1].

  • „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ esdalik nishoni (2011)[1].