Quduq egalari
Asʼhobur Rass – (arabcha: أصحاب الرس — «Rass qavmi», «Quduq egalari») — Qur’onda xalok boʻlgan Od va Samud qavmlari qatorida zikr qilingan qavmdir.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qur’onning baʼzi tafsirchilarining fikriga koʻra, ar-Rass atamasi shunchaki odamlar yashagan joyning nomi. Boshqalar esa bu qandaydir suv manbai (quduq) deyishgan. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf oz’ining „Tafsiri Hilol“ kitobida „Quduq“ soʻzi oyatda „rass“ iborasi bilan ifodalangan boʻlib, ichi mahkamlanmagan, nurab turgan quduqqa aytiladi degan. Rivoyatlarda kelishicha, oʻsha qavm quduq atrofida oʻtirganlarida, u qulab, hammalari ichiga tushib halok boʻlgan. Ayrim tafsirchilar, bu Solih paygʻambarni qavmi, desa, ayrimlari Shuaybni qavmi ekanligini yozishadi. Ibn Jarir Tabariy boʻlsa, ular Uxdud egalaridir, deganlar. Uxdud haqida Buruj surasida bayon qilingan. Shayx Allouddin Mansur oyatdagi Quduq qavmini Shuayb paygʻambarni yolgʻonchi qilganlari sababli quduqqa qulab halok boʻlganlar degan[1].
Islom rivoyatlariga koʻra, Ashob ar-rass ilgari xalok boʻlgan Samud qavmining avlodlari boʻlib, Yamandagi quduq yonida yashagan va ulkan boʻlgan Anqo qushining hujumlaridan azob chekkan. Hanzala ibn Safvon ismli payg‘ambar bo'lib u Xudodan odamlarni qutqarishini so‘radi va qushlar g‘oyib bo‘ldi. Hanzala ahli o‘z payg‘ambarlarining nasihatlariga quloq solmadilar, hatto uni quduqqa ham tashladilar. Alloh taolo odamlarning gunohlari uchun jazo sifatida ularni halok qildi. "Quduq egalari" Yamanda, Ozarbayjonda yoki Antakyada yashashi mumkin degan taxminlar mavjud[2][3].
Qur’onda
[tahrir | manbasini tahrirlash]25:38–وَعَادًا وَثَمُودَ وَأَصْحَابَ الرَّسِّ وَقُرُونًا بَيْنَ ذَٰلِكَ كَثِيرًا (Tarjimon: Od, Samud va quduq egalarini hamda bu oradagi asrlarni esla. Ulardan har biriga misollar keltirdik. Va ularni qirib bitirdik[4].)
50:12–كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍ وَأَصْحَابُ الرَّسِّ وَثَمُودُ وَعَادٌ وَفِرْعَوْنُ وَإِخْوَانُ لُوطٍ وَأَصْحَابُ الْأَيْكَةِ وَقَوْمُ تُبَّعٍ ۚ كُلٌّ كَذَّبَ الرُّسُلَ فَحَقَّ وَعِيدِ (Tarjimon: Ulardan avval Nuh qavmi, quduq sohiblari va Samud yolg‘onchiga chiqarganlar. Od ham, Firʼavn ham, Lutning birodarlari ham.Daraxtzor sohiblari ham, Tubbaʼ qavmi ham – barchalari rasullarni yolg‘onchiga chiqarganlar. Bas, (azob) vaʼdam haq bo‘ldi[5].)