Kontent qismiga oʻtish

Quli Jalilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Quli Jalilov (1890 — Samarqand — 1960) — ganch oʻymakori, binokor. Otasi usta Abdujalil bilan birga ishlagan. Buxoroda yashab amakisi usta Abdumalikdan hunar oʻrgangan, Amir madrasasi qurilishida qatnashgan (1900—15). Samarqand va uning atrofida bir qator jamoat binolari (Samarqandda OʻzDU korpuslari, maktab, kasalxona, hammomlar) qurgan. Samarqanddagi meʼmoriy obidalar (Ulugʻbek madrasasi, Sherdor Madrasa, Amir Temur maqbarasi va b.)ni taʼmirlashda qatnashgan. Turkistondagi Xoʻja Ahmad Yassaviy majmuasi (1939—40)ni taʼmirlash va konservatsiya qilish ishlarini bajargan. Navoiy teatrining Samarkand xonasi (1946—47), Muqimiy teatrining tomosha zali (1948)ni bezagan. Ganch oʻymakorligi bilan bezatilgan namoyonlar yaratgan (1940, Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyida saqlanadi).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil