Kontent qismiga oʻtish

Qulunda choʻli

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Qulunda choʻli, Qulunda tekisligi, Qulunda — Gʻarbiy Sibirning janubidagi tekislik. Rossiya Federatsiyasi Oltoy oʻlkasi va Qozogʻiston Respublikasining Pavlodar viloyatida, Ob va Irtish daryolari oraligʻida, Qulunda tektonik botigʻida joylashgan. botiqning yuzasi toʻrtlamchi davr flyu-vioglyatsial, koʻl va daryo yotqiziqlari bilan qoplangan. Maydoni 100 ming km2ga yaqin. Balandligi markaziy qismida 100–120 m, jan. va sharqida 200– 250 m. Relyefida uzun qirlar — mar-zalar (50–60 m) xos; ularni daryolar va achchiq-shoʻr koʻllar ajratib turadi. Koʻllarda soda, glauber va osh tuzi zaxiralari katta. Iqlimi kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 17°, —19°, iyulniki 19—22°. Yillik yogʻin 250–350 mm. Shim.-sharq-ida boshoqli dasht oʻsimliklari oʻsadi. Qulunda choʻli Gʻarbiy Sibirning muhim qishloq xoʻjaligi rayoni.