Kontent qismiga oʻtish

Qumloq sustkashi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qumloq sustkashi — qora qoʻngʻizlar oilasiga mansub hasharot. Old yelkaning yon qirralari oʻtkir, barmoqlari oddiy tir-noqli. Rivojlanish sikli bir-ikki yil davom etadi. Qoʻngʻizlari 4 yilgacha yashaydi. Qoʻngʻiz va lichinka holida qishlaydi. Qoʻngʻizlari bahorda har xil oʻsimliklar, jumladan, gʻoʻza, makkajoʻxori, qand lavlagi nihollari va boshqa chopiktalab ekinlar poyasi, bargi hamda urugʻpallalarini kemirib, zarar yetkazadi. Bularning yashashi va oziqlanishi uchun oʻzlashtirilmagan yerlar, yaxshi ishlov beril-magan ekinlar juda qulay. Har yili tuproqqa 500 tacha tuxum qoʻyadi. lichinkasi boshqa qora qoʻngʻizlarniki kabi soxta simqurtlar boʻlib, rivojlanishi ikki oy davom etadi. Tuproqda gʻumbakka aylanadi. Gʻumbaklik davri 2—3 hafta. Qumloq sustkashi — qurukliksevar hasharot. Shuning uchun qurgoqchilik yillari juda koʻpayib, katta zarar keltiradi. Sernam tuproq ular rivojiga yomon taʼsir etadi. Kurash choralari: tuproqni yumshatish, oʻz vaqtida sugʻorish; xlorofos yoki boshqa insektitsidlar bilan zaharlangan xoʻraklar sepish.