Qumqishloq
Shaharcha | |
39°03′29.5″N 66°45′08″E / 39.058194°N 66.75222°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Qashqadaryo viloyati |
tuman | Shahrisabz tumani |
Qachondan beri shaharcha | 2009 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Qumqishloq (ruscha: Кумкишлак) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan[1].
Nomlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharcha nomi „qum“ va „qishloq“ soʻzlarining yigʻindisidan kelib chiqqan boʻlsa ham, bu yerda qum, tosh, shagʻal, kvars singari mayda zarralarning hech qanday aloqasi yoʻq. Shaharcha hududida bunday zahiralar aniqlanmagan. Bu shunchaki qumli joyda bunyod etilgan qishloq maʼnosida qoʻllanadi degan taxminlar ham mavjud. Shuningdek, qum soʻzi xum soʻzining oʻzgangan varianti boʻlishi ham mumkin. Yaʼni qishloq avvvallari Xumqishloq deb nomlangan. Bu nom esa hududda xumdonlar mavjud boʻlganligidan dalolat beradi. Mahmud Qoshgʻariy oʻz asarlarida oʻrta asrlarda Qum shahri nomli joy boʻlganligini yozib oʻtadi. Uning tarifiga koʻra qum-xum-xun-xon-xona, dargoh, maskan, saroy, karvonsaroy, ibodatxona, maʼbad maʼnolarida oʻzgargan boʻlishi ham mumkin. Yaʼni Qumqishloq asli qoʻrgʻonli qishloq maʼnosini anglatgan.
Oʻxshash nomlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eronda Qum shahri nomli maskan mavjud. Shuningdek, Zarafshon vodiysining yuqori qismida — Yagnobda qum qishlogʻi boʻlgan. Ustyurt platosida esa Qumkent nomli hudud bor[2].
Aholi maskanlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qumqishloq shaharchasida 15-sonli maktab va 33-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyat yuritadi[3]. Shuningdek shaharcha hududida Qum Qishloq jom’e masjidi[4], bolalar stadioni ham mavjud.
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qumqishloq shaharchaning iqlimi keskin kontinental bo'lib, yillik oʻrtacha harorat 14.7° darajaga teng. Yanvarning oʻrtacha harorati 0.8°, eng past harorati esa 26° darajani tashkil qiladi. Iyulning oʻrtacha harorati 28°, eng yuqori harorati esa 43° ga teng.
Yogʻin miqdori
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qumqishloq shaharchasiga yillik 545 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 219 kunni tashkil qiladi[5].
Tuprogʻi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qumqishloq shahri hududida boʻz, jigarrang va qoʻngʻir togʻ-oʻrmon tuproqlari keng tarqalgan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
- ↑ To'ra Nasafov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 394-bet. ISBN 978-9943-354-60-9.
- ↑ „SHAHRISABZ TUMANIDA MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNI UMUMIY O‘RTA TA’LIMGA TO‘LIQ QAMRAB OLISH YUZASIDAN TUMANDAGI UMUMTA’LIM MUASSASALARINING MIKROHUDUDLARINI BELGILASH TO‘G‘RISIDA“ (o'zbek) (06-08-2020).
- ↑ „Қумқишлоқ жоме масжиди“ (o'zbek). Qaraldi: 08-2023.
- ↑ „Shahrisabz tumani“ OʻzME. Sh-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |